* * *
Erkak bozorda it sotyapti. Xaridor so’radi:
— Iting aqllimi?
— Juda.
— Itoatkormi?
— Albatta.
— Sadoqatlimi?
— Bo’lmasa-chi? Shu bilan bugun uni beshinchi marta bozorga olib kelishim.
* * *
Xasisning to’rt yashar bolasi qo’lida shisha idish bilan do’konga kirdi va sotuvchiga dedi:
— Menga bir litr asal berarkansiz. Dadam aytdi.
Sotuvchi idishni asalga to’ldirib bolaga uzatdi va so’radi:
— Puli qani?
— Dadam pulini ertaga olib kelib berarkan.
— E, yo’-o’q, qani, idishni buyoqqa ber!
Sotuvchi idishdagi asalni qaytadan to’kib oldi-da, bo’sh idishni bolaning qo’liga tutqazdi. Bola tashqariga chiqqach, idish ichiga razm soldi-da, dedi:
— Dadam to’g’ri aytgan ekan. Qolgan asal uchta buterbrodga yetadi.
* * *
Er uyga chopib keldi-da, xotiniga dedi:
— Ertaga eng yaqin do’stim Juliya Robertsga uylanyapti. To’yga boramiz.
— Voy, ertaga? Kiyishga ko’ylagim yo’q, to’y bo’lgandan keyin sovg’a, gul olish kerak. Nima qilamiz?
— E, qanaqa ahmoqsan? Kinoga boramiz dedim! Do’stim Juliya bilan birga rol o’ynaydi. O’sha kinoda unga uylanadi.
Men ahmoq bo’ldimmi? O’zingiz-chi?
— Menga nima qilibdi?
— Bir paytlar «Oqqush ko’liga» boraylik deganimda, qo’ltig’iga qarmoq qistirib uydan chiqqan kim?
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Kecha xotinim bilan sal bo’lmasa ajrashib ketayozdim.
— Nima bo’ldi?
— Jaanjallashib qoldik. U «Onamnikiga ketaman» dedi-yu, bo’yanishga tushdi. Ishonasanmi, shu qadar uzoq vaqt bo’yandiki, qaerga ketishi kerakligiyam esidan chiqib qolibdi.
* * *
Eshik taqilladi. Eshikni uy bekasi ochdi. Ostonada er-xotin turardi. Erkak dedi:
— Biz qo’shnilaringizmiz. Bilasizmi, biz televizorni yarim tunda o’chirib berish xizmatini ko’rsatamiz. Ruxsat bersangiz, sizgayam shu xizmatni ko’rsatsak.
— Rahmat, kerakmas.
— O’ylab ko’ring, agar xizmat mushtlashish orqali amalga oshirilsa, juda qimmatga tushishingiz mumkin.
* * *
O’rta yashar ayol mashinani katta tezlikda haydab borardi. DAN xodimi uni to’xtatib dedi:
— Nima balo, hech narsani ko’rmayapsizmi?
— Voy, kechirasiz, kamandir! Yangi forma kiyganingizni payqamabman. Yangi formalar muborak bo’lsin!
* * *
— Dadasi, apelsin sharbatidan piyolalarga quying. Keyin pirogni isitib qo’ying. Nonushta tayyor!
— Qiziq, nonushtaga nima ekan bugun?
— Apelsin sharbati va pirog.
* * *
Ruhshunos yosh ona bilan besh yashar o’g’ilchasi xususida suhbatlashayapti:
— Siz bolangizni juda qattiqqo’llik bilan tarbiyalayapsiz ekan.
— Qanaqasiga?
— Men ismi-sharifini so’rasam, Toshmatvoy Ovozingni O’chir deb javob qilayapti.