Xitoyning “Sanchjou Mayti Layons” jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov boshqa jamoaga o’tishga yaqin turibdi.
Ahmedov yaqin vaqtlar ichida O’zbekistonga qaytishi mumkin. O’yinchiga Toshkentning Paxtakor va Namanganning Navbahor jamoalari qiziqmoqda.
Avvalroq futbolchining o’zi karyerasini vatanida yakunlashini istayotganini aytgan edi. 34 yoshli futbolchi Xitoy ligasida 15ta o’yinda 7 marta maydonga tushdi. Bugungi kunda Ahmedovning transfer narxi 900 ming yevroni tashkil qilmoqda.
Izohlarni ko`rish