Fransiya Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimini daryo bo'yida o'tkazmoqchi

Parij-2024 Olimpiya o’yinlarining tashkiliy qo’mitasi butun insoniyat e’tiborini tortgan yangilikni e’lon qildi. Unga ko’ra, tashkilotchilar musobaqaning tantanali ochilish marosimini stadionda emas, ochiq havo ostida, aniqrog’i Sena daryosi bo’ylab o’tkazishni mo’ljallamoqda.

Rejaga ko’ra, marosimda ishtirokchi davlatlar maxsus qayiqlarda daryo bo’ylab belgilangan 6 kilometrlik masofani suzib o’tishadi. Parad yo’nalishi daryo bo’ylab shaharning ko’zga ko’ringan obektlari oldidan o’tadi. Hisob-kitoblarga ko’ra, bunday marosimni 600 ming tomoshabin bevosita sohil bo’ylarida kuzatib borishi mumkin.

Qayd etish joiz, ushbu loyiha amalga oshsa, Olimpiya o’yinlari tarixida daryo bo’ylab o’tgan dastlabki ochilish marosimi bo’ladi.

olympic.uz