***
To’rt tarafi o’n besh qavatli uylardan iborat mahalla. O’rtada bir bolakay ovozining boricha baqirayapti:
-Oyi-i-i!!! Oyi-i-i-i!!!
O’n beshinchi qavatdagi kvartira derazasidan ayol kishining boshi ko’rindi.
-Nima deysan?
-Dadamni chaqirib yuboring!!!
***
Ikki psixolog avtobus bekatida turardi. Biri ikkinchisiga dedi:
-Negadir avtobus kechikib ketdimi?
-Siz shu haqda suhbatlashishni istaysizmi?
***
Mehmonlar uzoq vaqt o’tirib qolganidan zerikkan mezbon ayol nima qilib ularni haydashni bilmay ancha vaqt uy ichini aylanib yurgach, to’satdan zalga kirdi-da, qichqirdi:
-Yong’in! Yong’in!
-Voy, qaer yonayapti?
-Bilmadim. Sizlardan kimnidir uyi yonayotganmish.
***
Chumoli qishda o’rmalab ketib borardi. Ninachini ko’rib qoldi va so’radi:
-Ninachi, qaerga ketayapsan?
-E, qish, sovuq, qiladigan ish qolmadi hisob. Yozuvchilar uyiga majlisga chaqirishgandi. Borib kelay-chi!
-Shunaqami? Menga qara, u yerda Krilovni ko’rib qolsang, chumoli aytdi, sen eshak ekansan deb qo’ygin!
***
Firmaga qo’ng’iroq qilishdi.
-Allo, kompyuter sotasizlarmi?
-Bu nima deganingiz? Bu filarmoniya-ku!
So’ngra ohista shivirladi:
-O’zi sizga qanaqa kompyuter kerak?
***
-Eshitdingmi, anavi kar-soqov Eshmat bor-ku, Bo’rivoy oshnasi o’shaning qo’lini sindirib qo’yibdi!
-Nega?
-So’kingan ekan.
***
-Diqqat! Shahar soliq inspeksiyasi boshlig’ining o’g’li yo’qolib qoldi. Bolakay o’n ikki yoshda. Asosiy belgilari — podpolkovnik.
***
Cho’ntakkesar vokzalda olomonni oralab o’g’irlik qilarkan, o’zicha shivirlardi:
-Yo’q! Bo’lishi mumkinmas! O’g’irlashdi!.. Ishonmayman! O’g’irlashdi!..
Unga militsioner yaqin kelib so’radi:
-Nimangizni o’g’irlashdi?
-Yigirmata katmonimni o’g’irlashdi.
***
Yigit do’stiga qo’ng’iroq qilib so’radi:
-Xo’sh, sevgan qizing uyga to’g’ri keldimi?
-Bilmadim, hali o’lchab ko’rganimcha yo’q.
***
Xodim direktor huzuriga kirib so’radi:
— Aka, qachon ta’tilga chiqaman o’zi? Ezilib ketdi-ku odam!
-Ie, butun yozni deraza oldida o’tirib o’tkazgan bo’lsang, ta’tilni nima qilasan?
***
Er yangi televizor sotib olgach, xotini so’radi:
— Voy, nega qutisiga qadahning suratini chizib qo’yishibdi?
— Bu degani, demak, yangi televizorni “yuvish”imiz shart!
***
— Yaxshi qiz, bu qadar chiroyli o±qlarni qaerdan olgansiz?
— Do’kondan sotib olganman.
—Ie, yuzlaringizni qaytimiga berishganmi?