«Sen yaramas kimga tortgansan o'zi?» yoxud genetika

Intellekt otadan o’g’ilga o’tmaydi. Ya’ni, agar siz daho bo’lsangiz, unda sizning o’g’lingiz 100 foiz geningizni meros qilib olmaydi.

Idiotizm otadan o’g’ilga o’tmaydi. Agar siz mutlaqo qobiliyatsiz bo’lsangiz, unda o’g’lingiz siz kabi ahmoq bo’lmaydi (bu bilan sizni tabriklaymiz, albatta).

Intellekt faqat otadan qizga o’tishi mumkin. Va faqatgina yarmi o’tadi xolos (masalan, sizning intellektingiz 88 bo’lsa, shuning 50 foizi o’tadi).

Intellektni erkak faqat o’z onasidan meros qilib olishi mumkin, Ona esa, o’z navbatida, otasidan meros qilib olgan bo’ladi.

Dohiyning qizi otasining yarmicha aqlli bo’ladi, ammo uning o’g’li xuddi otasi singari daho bo’ladi. Agar qizning otasi ahmoq bo’lsa, unda qizi otasiga qaraganda yarim ahmoq bo’ladi.

Shu uchun ham 100 foiz ahmoq ayollar yo’q bo’lganidek, dohiy ayollar ham deyarli yo’q. Biroq erkak daholar va ahmoq erkaklar juda ko’p. Shu yerdan omadsiz-alkashlar, yolg’iz-onalar avlodlari, shuningdek, Nobel mukofoti laureatlari (deyarli barcha erkaklar) yetishib chiqadi.

Erkaklar uchun xulosalar:

O’g’lingizning aqliy qobiliyatini taxmin qilishingiz uchun, xotiningizning otasiga qarang (agar u akademik bo’lsa, o’g’lingiz ham aqlli bo’ladi).

Sizning qizingiz aqlingizning yarmini oladi. Ammo sizning ahmoqligingizni ham yarmini oladi. Intellekt tarafdan u sizga yaqinroq bo’ladi. Uning o’g’li sizning barcha aqliy qobiliyatingizni o’ziniki qiladi. Aqlli avlod istasangiz – qiz farzand orzu qiling.

Sizning aqliy qobiliyatlaringiz onangizdan, aniqrog’i bobongizdan o’tgan.

Ayollar uchun xulosalar:

O’g’lingiz aql tarafdan – otangizning nusxasidir va uni «Sen otang kabi ahmoqsan» deb haqorat qilishingiz umuman to’g’ri emas.

Qizingizning tarbiyasi sizniki kabi bo’ladi, lekin aqli bo’yicha otasiga tortadi. Uning o’g’illari esa sizning eringizning aqliy nusxalari bo’ladi.
Tafakkur qiling.

@Tafakkur3