* * *
— Eshitdinglarmi, jamoamiz hujumchisi o’zini o’zi otib o’ldirishga ahd qilgan ekan.
— Xo’sh, keyin-chi?
— Mo’ljalga ola bilmabdi.
* * *
Futbolchidan so’rashdi:
— Qishda nima bilan shug’ullanasiz?
— Yangi mavsumdagi mag’lubiyatlar uchun kuch to’playman.
* * *
Uchrashuvga chiqqan qiz yigitdan so’radi:
— Siz futbolchi bo’lsangiz kerak-a?
— Qaerdan bildingiz?
— Quchoqlashga usta ekansiz.
* * *
Keksa badavlat yahudiy olamdan o’tdi. Yaqinlari notarius kabinetiga yig’ilib, vasiyatnomani o’qishini sabrsizlik bilan kutishyapti. Nihoyat notarius vasiyatnomani qo’liga olib o’qiy boshladi:
— Men Laxman Isaak Damidovich, aqli-hushim joyidaligidan foydalanib, shuni ma’lum qilamanki, pullarimning barchasini o’limim oldidan sarflab bo’lganman.
* * *
— Siz jinnisiz! Hazillaringiz ham o’zingizga o’xshagan ahmoqona!
— Iltimos, jonim, menga turmushga chiq!
— Voy, kechiring! Jiddiy aytyapsizmi?
— Hazillashdim, hazillashdim!
* * *
Er-xotin sanatoriyga keldi. Odam liq to’la. Joy yo’q. Erni boshqa, xotinni boshqa xonaga joylashtirishdi. Er esa sanatoriy mutasaddilaridan xotini bilan bir xonaga joylashtirishlarini iltimos qildi. Iloji bo’lmagach, bir hafta chidadi va bir kuni xotinidan kechasi birgalikda dalada tunni birga o’tkazishni so’radi. Xotini rozi bo’ldi. Birga o’tirishgandi, dala qorovuli kelib qoldi va so’radi:
— Xo’sh, jarimami, bayonnoma tuzaymi?
— Jarimani to’lab qo’ya qolaylik.
— Unda sen ming, xotining besh ming to’laysanlar.
— Nega endi xotinim besh ming to’laydi?
— Chunki, seni birinchi marta ko’rib turibman. Xotining esa besh kundan beri shu yerga keladi.
* * *
Iti bilan ko’chada sayr qilgan er uyga qaytgach, xotiniga dedi:
— Itimiz yo’l bo’yi meni tishlamoqchi bo’lib, nuqul arqonni tortqilab keldi. Go’yo bir narsa demoqchi bo’ldi-yu, ayta olmadi shekilli.
— Ha, u «Men sizning itingiz emasman» demoqchi bo’lgan.
* * *
— Professor, xotiningizni kaltaklarmishsiz. Shu rostmi?
— Noto’g’ri. Men professor emasman.
loading…