***
Besh yashar bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, oyim sizga nima uchun kerak?
— Nimaga kerak bo’lardi? Hayotimning mazasi asalday shirin bo’lib ketmasligi uchun.
***
Er-xotin kechasi karavotda chalqancha yotibdi. Xotin o’ylayapti:
— Erimning ko’ngli soviyapti shekilli mendan. Negadir ilgarigidek qadamiga bo’sa olishni yig’ishtirgan. Nahotki, boshqasini topib olgan bo’lsa?..
Er o’ylayapti:
— Shiftda pashsha yuribdi… Qiziq… Shu pashsha shiftda qanday yiqilmasdan yura olarkin-a?..
***
Bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, “shohobcha” nima?
— Shohobchami? Mana, masalan, sening tuvaging bor-a?
— Ha.
— O’sha tuvaging unitazimizning shohobchasi hisoblanadi.
***
Xotin:
— Azizim, agar men hov anavi daryoga o’zimni otsam, meni cho’kishdan qutqarib qolarmidingiz?
Er:
— “Ha” desam, sakrarmiding?
***
Ko’p bolali erkak xotini va bolalari bilan restoranda kechki ovqatni tanovul qilib bo’lgach, ofitsiantkani chaqirib so’radi:
— Stol ustidagi qolgan ovqatlarni paketga solib bera olasizmi? Itimga berardim.
— Albatta.
Shunda bolalari bor ovozda qichqirishdi:
— Ura, it sotib olarkanmiz!!!
***
Bolalar bog’chasida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni oltigacha sanashga o’rgatyapti. Hamma sanadi. Eshmat tarbiyachiga dedi:
— Men oltidan keyingilariniyam sanashni bilaman.
— Qani, sana-chi!
— Yetti, sakkiz, to’qqiz, dama, korol, tuz…
***
Bolalar bog’chasida “Sen qanday paydo bo’lgansan?”, degan savolga tarbiyalanuvchilar javob berishyapti:
Toshmat:
— Meni Laylak olib kelgan!
Eshmat:
— Meni karamning ichidan topib olishgan!
Qo’shmat:
— Mening ota-onam badavlat emas. Hamma ishni dadamning o’zi bajaradi!
***
Xotin eridan so’radi:
— Azizim, mening ko’zlarim moviy dengizni eslatadimi?
— Ha.
— Sochlarim sharsharaga o’xshaydimi?
— Ha.
— Lablarim atirgul g’unchasi kabi go’zalmi?
— Albatta.
— Oh, xushomad qilganingizda menga shunchalar yoqasizki…
***
Yangi boyning o’g’li sevgan qizini onasiga tanishtiryapti:
— Oyi, bu Shahnoza. Ajoyib tortlar, piroglar pishiradi, osh damlashni qiyib qo’yadi, uy yig’ishtirishda unga teng keladigani yo’q.
— Juda yaxshi, o’g’lim. Kuniga 20 dollardan to’layman. Seshanba, juma kunlari ishlaydi.
***
Xotin endi-endi uyquga ketayotgan erini turtib dedi:
— Ishonasizmi, Afrikadagi qaysidir qabila erkaklari xotinlarini sotisharkan. Ayting, siz ham meni sotgan bo’larmidingiz?
— Bu nima deganing, jonim? Men seni tekinga bervorardim, tekinga!
O. HAYIT tayyorladi