ANTARKTIDA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Antarktida dunyoning hech bir davlatiga tegishli emas.
2. Antarktida yer yuzidagi janubiy kontinent hisoblanadi.
3. Antarktidaning umumiy yer maydoni 14 mln 107 ming kv kilometrga teng.
4. Antarktidada eng issiq payt fevral oyi hisoblanadi. Xuddi shu oyda olimlar smena almashadi.
5. Antarktidada rasmiy hukumat va mahalliy aholi yo’q.
6. Antarktida o’zining telefon kodi va alohida bayrog’iga ega.
7. Antarktida 1820 yil 28 yanvarda ochilgan.
8. Antarktida o’z valyutasiga ega. Lekin bu valyuta faqat mintaqa ichkarisida haqiqiy hisoblanadi.
9. Ilmiy stansiya xodimlarining kundalik ovqatlanish ratsioniga pivo ham kiritilgan.
10. 1999 yili Antarktidada umumiy hajmi London shahrining hajmiga teng muz ko’chgan.
11. Antarktidada havo harorati maksimum -91, 2 darajaga teng. Yozda havo harorati -30-50 darajagacha ko’tariladi.
12. Antarktida yer yuzidagi eng quruq mintaqa hisoblanadi. Bu yerdagi Quruq Vodiy deb nomlangan hududga 2 mln yildan beri bir tomchi ham yomg’ir tushmagan.
13. Aynan shu mintaqada imperator pingvinlari istiqomat qiladi.
14. Agar Antarktidadagi jami muzliklar erib ketsa, okeandagi suv sathi 60 metr yuqoriga ko’tariladi.
15. Antarktidada shunday baliqlar yashaydiki, ularning qoni rangsiz. Chunki bu qon tarkibida gemoglabin va eritrotsitlar umuman yo’q. Shunga yarasha qon tarkibida shunday modda borki, uning sharofati bilan bu baliqlar har qanday sovuq haroratda ham muzlab qolmaydi.
16. 1961 yil 29 aprel kuni Antarktidadagi sovetlar ekspeditsiyasi a’zosi, vrach Leonid Rogozov o’z ustida jarrohlik amaliyotini tashkil etib, ko’richagini olib tashlagan. Amaliyot 2 soat davom etgan va muvaffaqiyatli yakun topgan.
17. Antarktidada oq ayiqlar yashamaydi. Chunki bu yer oq ayiqlar uchun sovuqlik qiladi.
18. Antarktidada juda kuchli shamollar esadi va quyoshdan zaharli radiatsiya nurlari dunyoning boshqa hududlariga nisbatan ko’proq miqdorda tushadi.
19. Antarktidada dunyoning eng zilol suvli dengizi bor. Siz 80 metr chuqurlikda nimalar borligini bemalol ko’ra olasiz.
20. Antarktidada ham daryo bor. U Oniks deb atalib, faqat yoz faslida oqadi. Bu jarayon ikki oygina davom etadi. Daryoning uzunligi 40 kilometrga teng. Bu daryoda umuman baliq yo’q.
21. Teylor vodiysida qonli sharshara bor. Suvi qon rangida. Bunga suv tarkibida temir moddasi ko’pligi asosiy sababchidir. Sharshara suvi hech qachon muzlamaydi. Negaki, bu suv dengiz suvidan 10-15 barobar sho’rroq.
22. Antarktidadagi muzlikning maksimal qalinligi 3800 metrdan iborat.
23. Antarktidadagi hududlardan birida diametri 500 kilometrga teng krater mavjud.
24. Antarktida chumolilar yashamaydigan yagona mintaqa sanaladi.
25. Antarktidada «Do’zax darvozasi» deb nomlangan hudud bor. Bu yerda havo harorati -95 darajani tashkil etadi. Shamolning tezligi soatiga 200 kilometrgacha yetadi.
26. Antarktidada yashovchi moviy kit bir kunda 3600 kilogrammga teng qisqichbaqani yeb bitiradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi