KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Erkak qo’shnisinikiga kirsa, tuxumni g’alati tarzda qovuryapti. Oldida uchta plita. Tuxum solingan idishni goh unisiga, goh bunisiga qo’yadi…

— Qo’shni, tuxum qovurishning yangi usulini topdingizmi deyman? — so’radi u.

— E, qanaqa usul?.. Mont±r yaramas mening uyimga svetoforning tokini ulab ketibdi.

 

* * *

 

To’ydan oldin.

Yigit: — Ura!!! Nihoyat orzuim ushaladigan bo’ldi!..

Qiz: — Balki, ketganim ma’quldir?

Yigit: — Yo’q, buni xayolinggayam keltirma!

Qiz: — Meni sevasizmi?

Yigit: — Albatta.

Qiz: — Menga qachondir xiyonat qilganmisiz?

Yigit: — Yo’q, bu gapni qaerdan olding?

Qiz: — Mendan bo’sa olasizmi?

Yigit: — Ha.

Qiz: — Meni kaltaklaysizmi?

Yigit: — Hech qachon.

Qiz: — Sizga ishonsam bo’ladimi?

To’ydan so’ng.

Endi savol-javoblarni pastdan yuqoriga qarab o’qing.

 

* * *

 

— Dada, nega xo’rozlar juda erta qichqirishadi?

— Hamma eshitishi uchun. Tovuqlar uyg’ongandan so’ng xo’rozning ovozini eshitib bo’lmay qoladi.

 

* * *

 

— Farzinisa, dugonajon, ering bilan shuncha yildan beri yashaysan-u, biror martayam janjallashmadilaring. Buni qanday tushunsa bo’ladi?

— Bilasanmi, biz o’sha paytlarda nikohdan o’tgach, otda uyga qaytganmiz. Ot bir marta qoqilib ketdi. Erim «Bir» dedi. Ot ikkinchi marta qoqildi. Erim «Ikki» deb qo’ydi. Ot uchinchi marta qoqilgandan keyin «Uch» dedi-yu, miltig’ini olib otib tashladi. Shunda otga rahmim kelib: «Xo’jayin, ot juda aqlli edi. Nega o’ldirdingiz?» deganimni bilaman, u qovog’ini uyib «Bir» deb qo’ydi.

 

* * *

 

Ikki jinni liftda qamalib qolishdi. Ulardan biri lift eshigini qo’llari bilan qancha ochishga urinmasin, baribir eplay olmadi. Ikkinchisi esa, kallasini tugmachalardan biriga qattiq urgandi, ochilib ketdi. Jinni xursand bo’lib sherigiga maqtandi:

— Kallani ishlatish kerak, oshna!

 

* * *

 

General askarlarga dedi:

— Otishni bilmaysizlar! Juda yomon otayapsizlar!

Shundan so’ng generalning o’zi qo’liga qurol oldida uzoqni mo’ljallab otdi. Nishon yonida turgan mayor unga dedi:

— O’rtoq general, o’q nishonga tegmadi.

General yana askarlarga yuzlandi.

— Ko’rdilaringmi? Sizlar xuddi shunday otyapsizlar! Mayor, otish qanaqa bo’lishini askarlarga ko’rsating!

 

* * *

 

Keksa professor:

— Yaqinda tushimda nuqul talabalarga leksiya o’qiyotganmishman. Uyg’onsam… Haqiqatan leksiya o’qiyapman-ey!..

 

* * *

 

Askar uyiga ta’tilga keldi va sevgan qizi bilan uchrashdi. Qiz unga naqadar sog’inganini bayon qilyapti:

— Uyqudan uyg’onaman-u, suratingizga tikilaman va og’ir xo’rsinib qo’yaman. Uyquga yotsam ham tag’in suratingizga tikilaman va og’ir xo’rsinaman…

— Qolgan vaqtlarda-chi?

— Buning… Sizga qizig’i yo’q…

 

* * *

 

Armani, tojik va rus ko’chadan shisha topib olishdi. Ochishsa, ichidan jin chiqib keldi.

— Tila tilagingni! — dedi jin. — Faqat uch kishiga bir tilak tila!

— Bo’pti, mamlakatlarimizda nima ko’p bo’lsa, o’shani kamaytirib tashla!..

Jin ularning tilagini ado etdi. Ular tekshirib ko’rishga ahd qilishdi.

Armanistonga kelishdi. U yerda tog’lar kamayib qolibdi. Tojikistonga borishdi. Meva-cheva kamaygan. Rossiyaga yetib borishganda, ko’rishdiki, arman va tojiklar qaergadir g’oyib bo’libdi.

 

* * *

 

Bozorda bir erkak to’ti va katta bir tovuqni sotayapti.

Xaridor kelib so’radi:

— To’ti qancha?

— Ikki ming so’m.

— Nega qimmat?

— Bu gapiradigan to’ti. «Sen jinnisan» degan so’zni aniq ayta oladi.

— Tovuq qancha?

— Besh ming.

— Ie, to’tidan ham qimmatmi?

— Ha, u juda aqlli. U «Sen jinnisan» demaydi-ku, ammo shunday deb o’ylaydi.