BILASIZMI?..

 

 

FAZO RUChKASI QANDAY XUSUSIYaTGA EGA?..

 

Oddiy sharikli ruchka, yoki fazo, muallaqlik ruchkasi oddiy ruchkalardan albatta keskin farqlanadi. Undan muallaqlik holatida, suv ostida, ektremal havo harorati sharoitida foydalanish mumkin, bu ruchka bilan ho’l va yog’li qog’ozlarga ham bemalol yozsa bo’ladi.

Fazo ruchkasi amerikalik ixtirochi va tadbirkor Pol Fisher tarafidan yaratilgan. Ruchkani yaratish uchun Fisherga NASA buyurtma bermagan, demak, homiylik ham qilmagan. Ixtirochi o’z qiziqishlaridan kelib chiqib shu ruchkani yaratgan. Keyin esa NASA olimlariga ruchkani sinab ko’rish taklifini kiritdi. Test sinovlari a’lo darajada o’tdi va uni ham Amerika, ham sovet fazo agentliklari bajonidil qabul qilishdi. Shunday ruchkaning bir donasi atigi 6 dollar miqdorida baholandi xolos.

Fazo ruchkasi karbid volframdan yaratilgan. Siyohi 2, 4 atm bosim sharoitida zichlangan azot yordamida siqiladi. Hayratlanarlisi, bu ruchka bilan oddiylariga qaraganda uch karra ko’proq vaqt yozish mumkin. Fazo ruchkasi 3810 metr balandlikda ham yozish imkoniga ega. Yaroqlilik muddati esa 100 yil etib belgilangan.

Eslatib o’tamiz, 1967 yilga qadar astronavtlar orbitada flomasterlardan foydalanishgan. Yoki mexanik qalamlarni ishlatishgan. Bu qalamning korpusi esa buyurtma asosida mustahkam metalldan yaratilgan. Bahosi 100 dollarga teng bo’lgan. Sobiq sovet fazogirlari esa orbitada shamdan yasalgan ruchka yordamida yozishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi