GOBI SAHROSINING SIRI
Bu sahro Mongoliyaning Janubi-sharqiy qismi, Shimoliy Xitoy hududida joylashgan. Sahroning o’z sirlari bor. Ularning aksariyati hanuz o’rganib tugatilmagan. Yana bir narsani alohida ta’kidlash joizki, Gobi sahrosi Chingizxonning vatani hisoblanadi. U aynan shu sahrodan turib dunyoning yarmini bosib olishga erishgan. Sahroda yoz oylari havo harorati 50 darajagacha isiydi. Qishda ham 50 daraja sovuq bo’ladi.
SAHRODAGI ZAHARLI QURT
Sahroning qoq o’rtasida Olgoy-Xorxoy deb nomlangan qurt istiqomat qiladi. U faqat iyun-iyul oylarida faol hayot tarzini kechiradi. Qolgan vaqtini uyquda o’tkazadi. Qurtning uzunligi taxminan bir yarim metr keladi. Rangi to’q qizil. Qurtdan qo’rqmagan mo’g’ulning o’zi yo’q. Aytishadiki, u zaharli emish. Masofadan turib ham tirik jonzotlarni o’ldira oladi. O’ljasini xuddi ilon kabi ma’lum masofadan turib zahar, yoki elektr impulslari sochish orqali o’ldiradi. Bu qurtni topish uchun ko’p marotaba ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Ammo… Ekspeditsiya a’zolarining birontasi ham ortga qaytmagan. Masalan, 1954 yili amerikalik olimlar guruhi a’zolarini o’z avtomobillari yonida o’lik holda topishgan. Bundan tashqari, tarix zarvaraqlarida mahalliy aholi vakillarining ko’pchiligi sahro qurti tarafidan o’ldirilgani haqida ma’lumotlar bor.
ShOXLI BOSh ChANOQ KIMNIKI?
Gobi sahrosidan 1995 yili shoxli bosh chanoqlarni topishdi. Oldiniga ko’pchilik olimlar shox o’z davrida bosh chanoqqa sun’iy ravishda mahkamlangan bo’lsa kerak degan taxminga bordi. Lekin ekspertiza aksini ko’rsatdi. Shoxlar bosh chanoq bilan birga dunyoga kelgan ekan. Bundan chiqdi qachonlardir qadimda shoxli odamlar yashagan ekan-da…
BO’YI 15 METR KELADIGAN ODAM
1990 yili Gobi sahrosida olib borilgan navbatdagi arxeologik qazish ishlari jarayonida bo’yi 15 metr keladigan odamsifat jonzot qoldiqlari topildi. Olimlar bu qoldiqqa turlicha baho berishdi. Birovlar uni sun’iy yaratish mahsuli deb atasa, boshqalar o’zga sayyoralikka yo’ydi. Ammo laboratoriya sharoitida qoldiqlar o’rganilgach, hammasi ravshan bo’ldi. Bu taxminan 15 million yilcha oldin yashagan odamlar qoldig’i ekan. Bunga ishonsa bo’ladi. Chunki tarixiy ma’lumotlarda yer yuzida yashagan dastlabki odamlar bo’yi 5 dan 36 metrgacha bo’lgani qayd etilgan. Yillar o’tgani sayin odamlarning bo’yi pasaya borgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi