KUN KULGISI…

* * *

Tijoratchi ota o’g’lidan so’radi:

— Ikki karra ikki necha bo’ladi?

— Olti.

— Bekorlarni aytibsan! To’rt bo’ladi.

— Bilaman. Bir savdolashay dedim-da!

* * *

Janjallar joniga tekkan er xotiniga dedi:

— Onasi, kel, bundan buyon muammoni janjalsiz, tinchlikda hal etamiz!

— Yo’q.

— Nega?

— Endi muammoni tinchlik yo’li bilan hal etishga kirishsak, nuqul siz haq bo’lib chiqaverasiz.

* * *

Qiz yigitga dedi:

— Menga shilqimlik qilmang! Sadoqat bo’yicha qora kamar sohibasiman!

* * *

Qiz yigitdan so’radi:

— Vindovsimni qaytadan o’rnatib bera olmaysizmi?

— Ie, yaqinda olding-ku noutbukingni! Nega vindovsni qayta o’rnatmoqchisan? Jinni bo’lganmisan?

— Uf-f, muncha ovsarsiz? Ishoraniyam tushunmaysizmi?

— Ha-a, o’zing vindovsingni eplab o’rnatolmaysan-u, men ovsar ekanman-da-a?

* * *

— Og’ayni, do’xtir aytdiki, menda tog’ chang’isi sportiga tug’ma iste’dod bor ekan.

— Bu nimada namoyon bo’larkan?

— Suyaklarim sinsa, juda tez bitib, tiklanib ketarkan.

* * *

Xotin ertalab tashqari eshikni ochsa, ostonada eri dumalab yotibdi. Uyg’onib ketib so’radi:

— Nega yarim kechasi eshikni taqillatsam ochmading?

— Voy, kimsiz? Dadasi sizmisiz deb so’rasam, indamadingiz-ku!

— Nega indamas ekanman? Boshimni qimirlatdim-ku, g’alcha!

* * *

Ikki burga erkakning kal boshi uzra sayr qilardi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Oshna, esingdami, biz mana shu yerda bir paytlar bekinmachoq o’ynardik?!.

* * *

Sinfga yangi tarix muallimi keldi. Birinchi kun o’quvchilarning bilimini sinab ko’rish niyatida savol tashladi:

— Bolalar, Bastiliyani kim olgan?

O’quvchilar baravariga:

— Biz olmadik, ishoning!!!

Muallim hafsalasi pir bo’lib direktor kabinetiga kirdi-da, bo’lgan voqeani gapirib berdi. Direktor birpas bosh qashib turgach, dedi:

— Qo’yavering, tashvish chekmang!» Agar o’quv yili oxirigacha qaytarishmasa, «ispisat» qilvoramiz!

* * *

90 dan oshgan kampir do’konga kirib sotuvchidan so’radi:

— Bolam, balig’ing «svejiy»mi?

— Onajonim-ey-y, baliq hali tirik-ku! Ko’rmayapsizmi?

— Ko’ryapman. Ammo menam tirikman, ammo «svejiy»masman.

* * *

Maktabda o’quvchilar imtihon topshiryapti. Imtihon oluvchi o’quvchidan so’radi:

— Dunyoning ilk uchuvchisi kim bo’lgan?

— Yalmog’iz kampir.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit