KELING, KULIShAMIZ!!!

* * *

Faylasuflar fikrlaganda:

— O’n sakkiz ming olamni, odamlarni, jonivorlarni Xudo yaratgan…

— Qolganlari Xitoyda tayyorlanganmi?..

* * *

Ayoldan so’rashdi:

— Kennoyi, nechta farzandingiz bor?

— Ikkita. Bittasini o’zim tuqqanman, ikkinchisini qaynonam hadya qilgan.

* * *

Armiyada qo’riqlash xizmati nizomi bo’yicha dars o’tilyapti. Muallim askarni turg’azib so’radi:

— Tasavvur qiling. Kechasi postda turibsiz. Atrof suv quygandek jimjit. Bir mahal qorong’ilikda siz tarafga kimdir kelayotganini payqab qolasiz. Xo’sh, shunday pallada qanday harakat sodir etasiz?

— Kombatimizni suyab uyiga olib borib qo’yaman.

* * *

Brilliant botqoqqa tushib ketsa-da, baribir brilliantligicha qoladi. Chang kerak bo’lsa, yettinchi osmonga qadar ko’tariladi. Ammo baribir changligicha qolaveradi. (Xitoy xalq hikmati)

* * *

Professor uzoq vaqt leksiya o’qigach, talabalardan so’radi:

— Kechirasizlar, leksiya cho’zilib ketdi shekilli. Soat necha bo’ldi o’zi?

— Orqangizda kalendar osig’liq turibdi, ustoz!

* * *

Samolyotda:

— Hurmatli yo’lovchilar, iltimos, xavfsizlik kamarlaringizni taqib olinglar! Yuk bo’limidagi fil hozir-hozir aksa urmoqchi. Shamollab qolibdi sho’rlik.

* * *

— Dada, odamning maymundan tarqashi rostmi?

— Ha.

— Unda oyim ikkovlaring meni asrab olgan ekansizlar-da-a?

* * *

Beshinchi sinfda o’qiydigan bola onasidan so’radi:

— Oyi, ozgina cho’milsam maylimi?

— Mayli, faqat ustingni ho’l qilma!

* * *

Olti yashar boladan so’rashdi:

— Kim bo’lishni istarding?

— Sotuvchi.

— Hali juda kichkinasan-ku?

— Nima qipti? Men peshtaxta ostidan turib ham savdo qilaveraman.

* * *

— Bolakay, nega yomg’irda turibsan? Hammayog’ing shalaábo bo’libdi-ku!

— Oyimdan yashirinib turibman. Cho’miltirmoqchi bo’lyapti.

Olimjon HAYIT

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit