KELING BIR KULIShAYLIK !!!

***

Chukcha kitob do’koniga kirib sotuvchiga dedi:

— Menga aqlli chukcha to’g’risidagi kitobingizni ko’rsating!

— Unday kitoblar fantastika bo’limida bo’ladi.

 

***

«Chukcha-film» kinostudiyasi urush to’g’risida yangi filmni suratga olayapti.

Eshik taqilladi.

— Kim u?

— Gestapo!

— Nima kerak?

— Partizan kerak?

— Qanaqa partizan?

— Oleg Koshevoy degan.

— U o’rmonga varaqa tarqatish va ko’prikni portlatish uchun ketgan.

— Unda kelsa: “Gestapo kelib rosa so’kindi” deb aytib qo’ying!

 

***

— Eshitdinglarmi, jamoamiz hujumchisi o’zini o’zi otib o’ldirishga ahd qilgan ekan.

— Xo’sh, keyin-chi?

— Mo’ljalga ola bilmabdi.

 

***

Futbolchidan so’rashdi:

— Qishda nima bilan shug’ullanasiz?
— Yangi mavsumdagi mag’lubiyatlar uchun kuch to’playman.

 

***

Uchrashuvga chiqqan qiz yigitdan so’radi:

— Siz futbolchi bo’lsangiz kerak-a?

— Qaerdan bildingiz?

— Quchoqlashga usta ekansiz.

 

***

Keksa badavlat yahudiy olamdan o’tdi. Yaqinlari notarius kabinetiga yig’ilib, vasiyatnomani o’qishini sabrsizlik bilan kutishayapti. Nihoyat notarius vasiyatnomani qo’liga olib o’qiy boshladi:

— Men Laxman Isaak Damidovich, aqli-hushim joyida shuni ma’lum qilamanki, pullarimning barchasini o’limim oldidan sarflab bo’lganman.

 

***

— Siz jinnisiz! Hazillaringiz ham o’zingizga o’xshagan ahmoqona!

— Iltimos, jonim, menga turmushga chiq!

— Voy, kechiring! Jiddiy aytayapsizmi?

— Hazillashdim, hazillashdim!

 

***

 

Iti bilan ko’chada sayr qilgan er uyga qaytgach, xotiniga dedi:

— Itimiz yo’l bo’yi meni tishlamoqchi bo’lib, nuqul arqonni tortqilab keldi. Go’yo bir narsa demoqchi bo’ldi-yu, ayta olmadi shekilli.

— Ha, u “Men sizning itingiz emasman” demoqchi bo’lgan.

 

***

— Professor, xotiningizni kaltaklarmishsiz. Shu rostmi?

— Noto’g’ri. Men professor emasman.