* * *
Ikki jinni sayohatga otlandi. Kechqurun ular qora uy qurib tunamoqchi bo’lishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Qora uyni yo’l chetiga qurishimiz kerak.
Ikkinchisi:
— Jinnimisan? Qora uyni yo’l o’rtasiga quramiz. Qara, tep-tekis ekan!
Shunday qilishdi. Ertalab uyg’onishsa, yo’l chetida yuk mashinasi ag’anab yotibdi. Ikkinchi jinni birinchisiga dedi:
— Ko’rdingmi, agar qora uyni yo’l chetiga qurganimizda, anavi mashina bizni majaqlab tashlagan bo’lardi.
* * *
— Og’ayni, menga qarz bera olasanmi?
— Nima uchun?
— Esdalik uchun.
* * *
Muallim birinchi sinf o’quvchisidan so’radi:
— Bo’rivoy, ulg’aysang kim bo’lasan?
— Militsioner.
— Eshmat, sen-chi?
— Men o’g’ri bo’laman.
— Nega?
— O’shanda ham Bo’rivoy bilan birga o’ynash uchun.
* * *
Ikki mushuk to’tiqushlar qafasi yonida turib bahslashayapti:
— Men qizilini yeyman.
— Nega endi?
— Sherigi yashil ekan. Hali pishmaganga o’xshaydi.
* * *
Avtobusda.
— Kechirasiz, hozir tushasizmi?
— Sizga nima?
— Ie, men tushishim kerak.
— Menga nima?
* * *
Bemor vrachga uyqusizlikdan shikoyat qilayapti:
— Masalan, bugun kechasi o’n ikki marta uyg’ondim, shundan keyin umuman uxlay olmadim.
* * *
Yangi boyning xotini xizmatchi ayolga dedi:
— Siz xonadonimga ishga kelgandan beri kumush qoshiqlarim yo’qoldi, muzlatkichdagi ovqatlar o’z-o’zidan g’oyib bo’lib qolyapti… Sizga hoziroq hov anavi tashqari eshikni ko’rsatishim kerakka o’xshaydi.
— Voy, men eshigingizni boshimga uramanmi?
* * *
Tiqilinch avtobus haydovchisi yo’lovchilardan birini oldinga o’tishga undadi.
Yo’lovchi:
— Men manzilimga avtobusda yetib olish uchun pul to’laganman, piyoda ketish uchun emas!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Meni judayam-judayam yoqimli so’zlar bilan erkalang!
— Oh, o’zimning shaqildoq ilonim!
* * *
— Og’ayni, sen hamisha xotiningning fikrini ma’qullaysanmi?
— Har doim ham emas.
— U bu ishingga qanday munosabat bildiradi?
— Hech qanaqa. U fikrini ma’qullamasligimni umuman bilmaydi.
* * *
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun nima qilasiz?
— Ertaga qo’ng’iroq qiling, nima qilganimni aytib beraman.