KELING BIR KULIShAYLIK !!!

* * *

Erkak vrach huzurida.

-Sizga jismoniy zo’riqish lozim. Shunda sog’lig’ingiz yaxshilanib ketadi.

-Men, axir, har kuni ishga piyoda boraman!

Bu yetarli emas. Yaxshisi, ertalablari tiqilinch avtobusda yurib ko’ring!

* * *

Sher o’rmonda quyonni uchratib qolib so’radi:

-Shalpangquloq, bu yer Afrikami?

-Qanaqa Afrika? Afrika janubda, dengizlar, tog’lar ortida.

Uf-f, nega Fil bilan kim-kimni tepib uzoqroqqa uchirib yuborish o’ynadim-a?..

* * *

Topishmoq.

Vaziyatni tasavvur qiling. Svetofor. Qizil chiroqda Kamaz, arava qo’shilgan ot hamda mototsikl turibdi. Yashil chiroq yongach, Kamaz o’rnidan qo’zg’aldi. Qo’rqib ketgan ot to’satdan mototsiklchining qulog’ini tishlab oldi. Xo’sh, kim aybdor?

Mototsiklchi. Boshga shlem kiyib yo’lga chiqish kerak edi.

* * *

Keksa ayol supermarketga kirib sotuvchidan so’radi:

-Go’sht bormi?

-Yo’q.

-Tuxum bormi?

-Yo’q.

-Suvarak dorisi-chi?

-Yo’q.

-Idish yuvadigan kukun bordir?

-Uyam yo’q.

-Voy, o’zi nima bor bu do’konda? Undan ko’ra do’konlaringni yopib qo’ya qolsanglar bo’larkan.

Jon deb yopardik-ku-ya, ammo eshikni qulflashga kalit yo’q.

* * *

Erkak velosipedda ketib borardi. Havo issiq. Ko’prikka yetib kelgach, qarasa, bir yigit suvga qarmoq tashlagancha o’y surib o’tiribdi.

-Ha, baliq ovlayapmizmi? — so’radi erkak undan.

Jimlik.

-Hoy, baliq ovlayapmizmi deb so’rayapman!

Yana jimlik. U qo’l siltab yo’lida davom etdi. Chamasi uch chaqirimlar yo’l bosgach, orqasiga qarasa, boyagi yigit qo’l siltab uni chaqirayapti. Qiziqsinib tag’in ortga qaytdi. Yetib kelib so’radi:

-Ha, nima deysan?

— Velosipedda sayr qilayapmizmi?..

* * *

Ayol Xudoga nola qilayapti:

Xudoyim, menga aql ber, toki erimni tushunadigan bo’lay; Muhabbat ber, uni kechira olay; Sabr ber, uning yaxshi-yomon kayfiyatini birday qabul qila olay: Yoki kuch berki, u yaramasni bir urib o’ldirib qo’ya qolay!!!

* * *

Er xotinidan so’radi:

-Qaerga ketayapsan?

-Do’konga.

-Pul oldingmi?

-Ha.

Bo’pti, tag’in ishlatib qo’ymagin!

* * *

-Qiziq, Toshmat yasanib qaerga ketyapti?

-Oyog’ini sindirishga.

-Nega oyog’ini sindiradi?

-Jazmani uchinchi qavatda yashaydi-ku!

-Nima bo’pti? Necha yildan beri o’sha ayolnikiga qatnaydi. Oyog’i singani yo’q shekilli?

To’g’ri. Ammo bugun u ayolning eri uyda. Toshmat esa, buni bilmaydi.

* * *

Josuslar maktabida imtihon topshirayotgan Teshaboyev bironta ham savolga javob bermadi. Natijada birdaniga ikkinchi kursga qabul qilindi.

* * *

Beva yevrey ayoli o’ziga o’xshagan qo’shnisini chaqirib so’radi:

-Sara, nima, kasal bo’lib qoldingmi?

-Bu gapni qaerdan olding?

-Bugun erta tongda senikidan vrach chiqib ketayotgandi-ku!

Hoy, menga qara, kecha senikidan general chiqib ketayotganda, «Nima balo, urush boshlandimi?» deb so’ramagandim-ku!