Nega yolg'on xabarlar – «gazeta o'rdaklari» deb ataladi?

«Bir olim, 20 ta o’rdakni sotib olib, darhol ulardan birini mayda bo’laklarga bo’laklashni buyurdi va uni qolgan parrandalarga yem qildiradi. Bir necha daqiqadan so’ng u boshqa o’rdak bilan ham xuddi shunday ish qildi va shu tariqa o’zining 19 ta do’stini yeb yuborgan bitta semiz o’rdak qoldi» . 1815-yilda belgiyalik komik aktyor Kornelissen jamoatchilikning ishonuvchanligini masxara qilish uchun ushbu maqolani gazetada e’lon qiladi. O’shandan beri, versiyalardan biriga ko’ra, yolg’on xabarlar «gazeta o’rdaklari» deb nomlanadi.