* * *
Muallima:
— O’quvchilar, qaysi sabzovot ko’zdan yosh oqizadi?
Toshmat:
— Kartoshka.
Muallima:
— Adashyapsan. Balki, piyoz demoqchi bo’lgandirsan?
Toshmat:
— Yo’q, kartoshka.
Muallima:
— Nega?
— Nozik yeringizga kimdir kartoshka bilan tushirsa, o’shanda bilardingiz.
* * *
Qurilish mollari do’koniga yangi o’zbek kelib dedi:
— Qora marmar bormi?
— Bor.
— O’ttiz ming dona bering!
— Ie, shunchani nima qilasiz?
— Og’aynimning asalarilari o’lib qolibdi. Har birining qabri ustiga yodgorlik toshi o’rnatish kerak ekan.
* * *
Maktabda bolalar dunyoda nimaning tezligi haqida bahslashib qolishdi.
Eshmat:
— So’zning tezligi katta. Aytdingmi, tamom, ortga aqyytarib bo’lmaydi.
Toshmat:
— Chiroqning tezligi katta. Yoqqichini bossang, darrov yonadi.
Qo’shmat:
— Yo’q, sizlarga aytsam, yaqinda ichketar bo’lgandim, bir og’iz so’z aytishgayam, chiroqni yoqishgayam ulgurmay qoldim.
* * *
Muallima:
— Bolalar, svetoforning piyodalar o’tishi uchun yashil chirog’i yonganda, asosan nimaga e’tiborni qaratish kerak?
— Ko’lmak suvdan uzoqroq turish kerak.
* * *
Erkak militsiya bo’limiga kelib dedi:
— Meni o’ldirishmoqchi.
— Kim?
— Xotinim.
— Guvohlar bormi?
— Bor. To’yimiz kuni xotinim menga «Xiyonat qilsangiz, o’ldiraman» deganini ikki yuz kishi eshitgan.
— Xo’sh, nima bo’pti shunga?
— Axir, kecha unga xiyonat qilib qo’ydim.
* * *
Katta janjaldan so’ng er xotiniga dedi:
— Kel, yarashaylik!
— Yo’q.
— Unda vaqtincha yarashamiz. Xullas, kechqurun yarashamiz-da, ertalab uyg’ongach, tag’in janjallashaveramiz!
* * *
Metroda.
— O’rtoq militsioner, meni tunab ketishdi. Kissavur kissamni kesib, katmonimni olib qo’ydi.
— Kissavurning alohida belgilarini ayta olasizmi?
— Ha. Xullas, u yirtiq charm kurtkada edi. O’ng tarafdagi qovurg’asi singan, char qulog’i uzib olangan.
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Erkak xuddi ertakday bo’lishi lozim.
— Nega?
— Chunki ertaklar hamisha yaxshilik bilan tugaydi.
* * *
Texnika universitetidagi e’londan:
— Radiotexnika fakulteti yotoqxonasida aloqa yo’qolgan;
— Energetika fakulteti yotoqxonasida bir oydan beri chiroq yo’q;
— Mexanika fakulteti yotoqxonasida lift bir haftadan beri ishlamayapti;
— Qurilish fakulteti yotoqxonasi avariya holatida bo’lgani sababli kapital ta’mir boshlandi.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Yaramas o’g’limiz yana cho’ntagimdagi pulni o’g’irlabdi.
— Nega hadeb o’g’limizdan ko’raverasiz? Balki men o’g’irlagandirman?
— Yo’q, pullarning yarmi qolgan, demak sen emas.
* * *
— Hech qachon hech kimga haqiqatni gapirmang! Haqiqat ko’zni o’yib oladi.
— Siz, hoynahoy pessimist bo’lsangiz kerak-a?
— Yo’q, men ko’z do’xtiriman.
* * *
Ikki xonanda suhbatidan.
— Eshitishimcha, uylanganmishsan?
— Ha.
— Xotining qalay ekan?
— Har kuni uyda konsert qo’yadi.
— Qaynonang-chi?
— Xotinimning aytishicha, qaynonam konsert qo’yish uchun astoydil repititsiya qilayotganmish.
* * *
Yo’nalish taksiga keksa kampir chiqdi-yu, qo’lidan sumkasi tushib ketdi. Shunda haydovchi hazillashdi:
— Onaxon, pastga nima tushgan bo’lsa, hammasi meniki!
— Bolam, sen ko’zingga qara-da, mashinangni sekinroq hayda! Aks holda men yiqilaman-u, seniki bo’lib qolaman!
* * *
Mijoz pivoxona sotuvchisidan so’radi:
— Bir kunda qancha pivo sotasiz?
— Taxminan ikki yuz litrcha.
— Kuniga uch yuz litr pivo sotish sirini aytaymi?
— Albatta.
— Bokallarni liq to’ldirib quysangiz, bas, men aytgancha pivo sotasiz.
* * *
Ishga kirmoqchi bo’lib kelgan erkakka korxona rahbari dedi:
— Bizning korxonada tozalikka alohida e’tibor beriladi. Masalan, siz ichkariga kirayotib, tuflingizni pol lattaga artdingizmi?
— Albatta.
— Bizda yana to’g’riso’zlik qadrlanadi. Siz esa aldadingiz. Eshik oldiga pol latta qo’yilmagan.