***
Ozg’in, yuzlari ichiga botgan erkak sartaroshga keldi. Sartarosh uning soqolini olishdan avval og’ziga kichik bir koptokcha solib qo’ydi.
-Bu soqolingizni toza olishimga yordam beradi, — dedi sartarosh.
-M-men… Yutib yuborsam nima bo’ladi? — so’radi erkak.
-Yutavering. Faqat ertaga qaytarishni unutmang. Chunki, yuzlari ichiga botgan faqat siz emassiz.
***
Ayol soatsozga soatning daqiqa ko’rsatuvchi tayoqchalarini tutqazdi.
-Soatning o’zi qani? — so’radi soatsoz.
-Soatning nima keragi bor. Manavi tayoqchalargina qimirlamayapti xolos.
***
Sher o’rmonda quyonni uchratib qolib so’radi:
-Shalpangquloq, bu yer Afrikami?
-Qanaqa Afrika? Afrika janubda, dengizlar, tog’lar ortida.
-Uf-f, nega Fil bilan kim-kimni tepib uzoqroqqa uchirib yuborish o’ynadim-a?..
***
Qurilish otryadida xizmat qilayotgan askar bir quti “Belomor” sotib oldi-da, qutidagi yozuvni o’qiy boshladi.
-Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi. Chekish sog’lig’ingizga zarardir…
-E, yaramaslar-ey! Belkurakkayam shunga o’xshash yozuvni yopishtirib qo’yishsa o’lisharmikan?
***
Giyohvand sevgilisini 8- mart bilan tabriklamoqchi bo’ldi va tanish eshikni taqillatdi.
Eshikni bir ayol ochdi.
-Kechirasiz, Salima uydami?
-Salima bir qavat yuqorida yashaydi.
Giyohvand bir qavat yuqoridagi eshikni taqillatdi. Yana eshikni o’sha ayol ochdi.
-Salima uydami?
-U bir qavat yuqorida yashaydi.
Yana bir qavat yuqoriga chiqib eshikni taqillatdi. Tag’in o’sha ayol.
-Vey, siz ahmoq emasmisiz? — jahl bilan so’radi ayol. — Salimangiz bir qavat yuqorida yashaydi dedim-ku!..
-Yo’q, sen ahmoqsan!.. Qaysi kvartirani taqillatsam, sening basharangdan boshqa narsani ko’rmayapman!
***
Mast erkak barga kirdi-da, sotuvchiga dedi:
-Menga bir shisha aroq keltir! Xotinim bilan ajrashgan kunimni nishonlayman!
-Siz anchadan beri bu kunni nishonlayapsiz shekilli?
-Ha, 25 yildan beri har kuni nishonlayman.
***
-Oddiy askar Bo’riyev!
-Men!
-Siz safning oxiriga turdingiz-a?
-Xuddi shunday!
-Sizga navbatdan tashqari ikkita naryad e’lon qilaman!
-Kechirasiz, savol bersam maylimi?
-Ha.
-Nega meni bekordan-bekorga jazolayapsiz. Kimdir baribir saf oxiriga turishi kerak-ku!
-To’g’ri, lekin kimdir oshpazga kartoshka tozalashda yordam berishi ham kerak!
***
Yangi kuyov to’y sayohatida yurib onasiga maktub yo’lladi:
-Oyi, biz juda yaxshimiz. Keliningiz naq farishta ekan. Men baxtiyorman.
Ona maktubni o’qidi-da, o’zicha g’udranib qo’ydi:
-Yaramas kelin-ey, shunday o’g’limni yolg’on gapirishga o’rgatib ulguribdi-ya!
***
Yosh kelin-kuyovlar to’y sayohatida. Oltinchi kuni avtobusda navbatdagi tomoshaga ketib borishayapti. Kuyov o’rindiqda o’tiribdi, kelin uning tepasida turibdi. Yo’lovchilardan biriga kuyovga tanbeh berdi:
-Vey, o’zing turib kelinni o’tqazsang bo’lmaydimi? Qara, ahvolini!
Kuyov charchagan nigohlarini yo’lovchiga tashlab dedi:
-Nima ishing bor-a? Men turib ketolmayman, u o’tirolmaydi!
***
-Oddiy askar Eshmatov, nega protivogazni kiymadingiz?
-Men gripp bilan kasallanganman. Baribir hid bilmayman.
***
Topishmoq.
Vaziyatni tasavvur qiling. Svetofor. Qizil chiroqda Kamaz, arava qo’shilgan ot hamda mototsikl turibdi. Yashil chiroq yongach, Kamaz o’rnidan qo’zg’aldi. Qo’rqib ketgan ot to’satdan mototsiklchining qulog’ini tishlab oldi. Xo’sh, kim aybdor?
-Mototsiklchi. Boshga shlem kiyib yo’lga chiqish kerak edi.
***
Keksa ayol supermarketga kirib sotuvchidan so’radi:
-Go’sht bormi?
-Yo’q.
-Tuxum bormi?
-Yo’q.
-Suvarak dorisi-chi?
-Yo’q.
-Idish yuvadigan kukun bordir?
-Uyam yo’q.
-Voy, o’zi nima bor bu do’konda? Undan ko’ra do’konlaringni yopib qo’ya qolsanglar bo’larkan.
-Jon deb yopardik-ku-ya, ammo eshikni qulflashga kalit yo’q.
***
Muallimlar o’tirgan xonaga talaba kirib keldi-da, dedi:
-Sizlarga murojaat etayotganim uchun uzr so’rayman. Men bu yerlik emasman. Vokzalda baholar qo’yiladigan imtihon varaqamni o’g’irlab ketishdi. Iltimos, Xudo yo’liga, qo’llaringdan kelgancha baho qo’yib beringlar!
***
Habash ayol do’konga kirib sotuvchidan so’radi:
-Menga ayollarning uzun paypog’idan bering!
-Sizga qorasidan beraymi yo yaltirog’idanmi?
-Menga baribir.