***

Bir tuman hokimi katta yig’ilishda.

– Mana, o’rtoqlar krizisni boshdan o’tkazayapmiz, bu yil go’sht mahsulotlarining narxi oshib ketish arafasida, shunga qanday chora ko’rasizlar?

Hamma jim o’tirsa bir otaxon turib

– Endi ko’proq ishlashimizga tug’ri keladi. Kuniga 8 soat emas 12 soat ishlaymiz.

– Yashang otaxon. Keyingi yil sut mahsulotlarini ham narxi oshib ketsa nima kilasizlar?

Yana hamma jim, biroz vaqt o’tib o’sha otaxon turib

– Unda 12 soat emas 16 soat ishlaymiz.

– Baraka toping otaxon. Hamma shu otaxondek fikr qilishi kerak. Aytaylik undan keyingi yil non mahsulotlarini ham narxi oshsa unda nima chora ko’rasizlar?

Otaxon yana turib,

– Agar shunday bo’lsa, noiloj 24 soat ishlashga majburmiz…

– Baraka toping, ota. Kechirasiz, siz o’zi nima ish qilasiz otaxon?

– Go’rkovman bolam, go’rkov…

***

Janjaldan parcha:

– Iloyim, umr bo’yi faqat  quruq oylikka yasha!

– Sen o’sha oylikdan aliment ol!

***

Kunlardan birida bir qiz sexrgarni uchratib qolipdi.

Sehrgar qizga qarab:

– Tila tilagingni, – deb aytibdi.

Qiz:

– Hamma yigitlar mani orqamdan yugurib yurishsin, – deb tilak bildiribdi.

Sehrgar qizni koptokka aylantirib qo’yibdi.

***

Donishmandga savol berishibdi:

– Nega ayollarning boshi og’riydi?

Donishmand javob beribdi:

– Kuchsiz erkaklarning ayollarini boshi og’riydi, kuchli erkaklarning ayolini boshi aylanadi!