1. Bodringning 95 foiz qismi suvdan iborat.
2. Himolay tog’lari bodringning vatani hisoblanadi. Hozir ham u yerda bodringlar yovvoyi tabiat qo’ynida o’z holicha pishib yotadi.
3. Bodring va qovunning ajdodlari bir.
4. Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, bodring bundan 6 ming yil oldin paydo bo’lgan.
5. Ekvadorda eng yirik hajmdagi bodringlar yetishtiriladi.
6. Birlashgan Arab Amirliklarida seleksionerlar to’rtburchak shaklga ega bodring turini yaratishdi.
7. Bir kilo bodring 150 kaloriyaga ega. Shu sababli ham u parhez taomlar sirasiga kiradi.
8. O’z davrida Napoleon kimda kim bodringni uzoq vaqt iste’molga yaroqli ko’rinishda saqlash usulini aytsa, katta pul mukofoti va’da qilgan. Ammo bu mukofotga hech kim ega chiqa olmagan.
9. Qadimiy Misrda odamlar o’z fir’avnlari qabriga boshqa qimmabaho buyumlar bilan birga bodring ham qo’yishgan.
10. Ilk bor yil bo’yi bodring yetishtirish imkonini beruvchi issiqxona qadimiy Rimda imperator Tiberiya uchun maxsus yaratilgan. Chunki imperator har kuni bodring yeyishni xush ko’rgan.
11. Rossiyaning Nejin shahrida bodring uchun yodgorlik o’rnatilgan.
12. Har yili 27 iyul kuni dunyo miqyosida Xalqaro bodringlar kuni bayram qilinadi.
13. Tinch okeani sohillarida yashovchi yovvoyi qabilalar vakillari istalgan vaqtda to’fon turishi yoki hosil mo’l bo’lmasligi mumkinligini hisobga olib, bodringni banan daraxti barglariga o’rashadi-da, yerga ko’mib qo’yishadi.
14. Misr malikasi Kleopatra go’zalligida birinchi navbatda bodringning roli borligini aytib charchamagan. U har kuni albatta bodring iste’mol qilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi