* * *
Armani, tojik va rus ko’chadan xum topib olishdi. Ochishsa, ichidan jin chiqib keldi.
— Tila tilagingni! — dedi jin. — Faqat uch kishiga bir tilak tila!
— Bo’pti, mamlakatlarimizda nima ko’p bo’lsa, o’shani kamaytirib tashla!..
Jin ularning tilagini ado etdi. Ular tekshirib ko’rishga ahd qilishdi.
Armanistonga kelishdi. U yerda tog’lar kamayib qolibdi. Tojikistonga borishdi. Meva-cheva kamaygan. Rossiyaga yetib borishganda, ko’rishdiki, arman va tojik qaergadir g’oyib bo’libdi.
* * *
To’ydan oldin.
Yigit: — Ura!!! Nihoyat orzuim ushaladigan bo’ldi!..
Qiz: — Balki, ketganim ma’quldir?
Yigit: — Yo’q, buni xayolinggayam keltirma!
Qiz: — Meni sevasizmi?
Yigit: — Albatta.
Qiz: — Menga qachondir xiyonat qilganmisiz?
Yigit: — Yo’q, bu gapni qaerdan olding?
Qiz: — Mendan bo’sa olasizmi?
Yigit: — Ha.
Qiz: — Meni kaltaklaysizmi?
Yigit: — Hech qachon.
Qiz: — Sizga ishonsam bo’ladimi?
To’ydan so’ng.
Endi savol-javoblarni pastdan yuqoriga qarab o’qing.
* * *
Er uyga juda xafa bo’lib qaytdi. Xotini so’radi:
— Sizga nima bo’ldi?
— Hech narsa.
— Yo’q, nimadandir xafasiz. Esingizda bo’lsin, sizning tashvishingiz mening ham tashvishim. Biz, axir, er-xotinmiz!
— Shunaqami?
— Ha, ayting endi! Nima bo’ldi?
— Jazmanimiz homilador bo’lib qoldi.
* * *
Ikki nafar nemis chollari kampirlari bilan birga oltin to’ylarini nishonlashyapti. Mahalliy gazeta muxbiri chollarning biridan so’radi:
— Mana, kampiringiz bilan ellik yil birga yashabsiz. Birgalikdagi hayotingizning eng baxtli yillarini sanab bera olasizmi?
— Albatta. Besh yil ruslarning qo’lida asirlikda yashaganman.
* * *
Boyvachchani yo’l patrul xizmati xodimi to’xtatib dedi:
— Siz mashinani soatiga bir yuz to’qson km tezlikda boshqarib keldingiz. Jarima to’lang!
— Bu nima deganing? Men soatiga atigi 20 km tezlikda keldim. Ko’rmadingmi?
— Balki, butkul to’xtab turdim ham dersiz?
— Ha, deyarli to’xtab turgandim.
— Baribir jarima to’laysiz. Ana, «To’xtash taqiqlanadi» degan belgini ko’rdingizmi?
* * *
Erkak qo’ng’iroq qilyapti:
— Allo, bu xavfsizlik xizmatimi?
— Ha…
— Qo’shnim Boltavoyning tomorqasiga ikkita pulemyot ko’milgan. Ishonmasangiz kelib kovlab ko’rishingiz mumkin.
Go’shakni joyiga qo’ygach, u qo’shnisiga qo’ng’iroq qildi.
— Allo, Boltavoy, Yuz mng so’m berasan! Bugun kechasi sening tomorqangni shaxsan xavfsizlik xizmati xodimlarining o’zi ag’darib beradigan bo’lishdi.
* * *
Maymun sahroda ketyapti. Juda chanqagan. Bir payt palma daraxtini ko’rib qoldi. Shoxlarida kokoslar osilib turibdi. Maymun endi daraxtni silkita boshlagandi, ichki ovoz dedi:
— Maymun, avval o’ylab ko’r!..
Maymun o’ylab ko’rgach, bir tayoq bilan bittagina kokosni urib tushirdi-da, ichidagini ichib chanqog’ini qondirdi.
Oradan sal o’tmay talaba o’sha sahrodan o’tib keta boshladi. Juda chanqagan. Qarasa, palma, ustida kokoslar osilib turibdi. Tezda daraxtni silkita boshlagandi, ichki ovoz dedi:
— Talaba, avval o’ylab ko’r!..
— E, nimasini o’ylayman? Silkitish kerak, silkitish!
* * *
Yigit va qiz nikohdan o’tish uchun ketib borishyapti. Qiz dedi:
— Bilasizmi, sizgacha yigitim bo’lgan. Men uning suratini chap ko’ksimning ustiga igna bilan chizdirganman.
— Hechqisi yo’q.
— Mening yana bir yigitim bor edi. Uning suratini o’ng ko’ksimning ustiga igna bilan chizdirganman.
— Hechqisi yo’q.
Yigit ancha yo’l yurishgach, to’xtab qotib-qotib kula boshladi.
— Ha-a, aqldan ozdingizmi? Nega kulyapsiz?
— Men o’sha suratlarning qirq yildan keyingi ko’rinishini tasavvur qilyapman!
* * *
Vrach huzuriga juda-juda ozib ketgan yigit kirib keldi. Uyqusizlikdan shikoyat qildi.
— Do’xtir, kechasi hovlida mushuklar baqirgani-baqirgan! Ertalab ishga borishim kerak. Ular bo’lsa, uyqu berishmaydi…
Vrach unga uxlatadigan dori yozib berdi. Bir haftadan so’ng yigitdan so’radi:
— Xo’sh, dorilar yordam berdimi?
— Yo’q.
— Nega?
— Men o’sha mushukni tutdim ham deylik. Ammo bu dorilarni og’ziga tiqib majburan ichirish qo’limdan kelmaydi.
* * *
Xitoylik Pekindagi do’konga kirib sotuvchidan so’radi:
— Sizlarda ko’rinmas ruchkalar bormi?
— Ha, qaysi rangidan kerak?
Olimjon HAYIT tayyorladi