* * *
Korxona direktori yangi ishga qabul qilingan kotibasiga dedi:
— Xo’-o’sh… Qarang-a, qanday ajoyib ishlarkansiz!.. Atigi ikkitagina xatoga yo’l qo’ydingiz xolos-a!.. Mayli, ikkinchi so’zni yozing!
* * *
— Ko’rdingmi, bu turishda ko’z ko’r bo’lib qolishi mumkin!?
— Ko’rmadim…
* * *
Do’konda xaridor sotuvchidan so’radi:
— Kechirasiz, direktoringiz qaerda o’tiribdi?
— Ie, siz uning o’tirganini qaerdan bilasiz?
* * *
Keksa, ko’zlari ham xiralashib qolgan otaxon televizor tomosha qilib o’tirib qichqirdi:
— Kampir! Hoy kampir!.. Qara, televizorda anavi buzuqilarning qilab turgan ishini! G’irt behayo ekan-ku bular!..
Kampir kelib televizorga qarab qo’ydi-da, qariyani urishdi:
— Qanaqa behayo?.. Ko’zoynak taqib keyin tomosha qilsangiz bo’lmaydimi? Bu Fidel Kastro. Ovqatlanyapti-ku uyida!
* * *
Ikki dugona suhbatlashyapti:
— Bilasanmi, tuyaqushning ko’zi xira bo’lgani bilan oshqozoni hatto toshniyam hazm qilib yubora olarkan.
— Oh, qanday yaxshi er bo’lardi o’sha tuyaqush!
* * *
— Oddiy askar Toshmatov, nega qatorda turib qo’shiqqa jo’r bo’lmayapsiz?
— Tishim og’riyapti.
— Hech bo’lmasa, «Voy-voy»lab turing!
* * *
Postda soqchi turibdi. Daraxtlar orasidan noma’lum ovoz eshitildi.
— To’xta, kim kelyapti!?
— To’xtadim.
Yarim soatdan so’ng. Soqchi:
— Hoy, yana picha qimirlamay tur, sigaret olib kelvolay!
* * *
«Rahmat»ga kim qanday javob qaytaradi?
Rossiyada: — Rahmatni cho’ntakka solib bo’lmaydi.
Isroilda: — Rahmatni kassa qabul qilmaydi.
O’rta Osiyoda: — Rahmatni nonga o’rab yeb bo’lmaydi.
Xitoyda: — Rahmatni tayoqchaga ilib yeyolmaysan.
* * *
Avtobusda.
— Ie, ko’zingizga qaramaysizmi?
— Qaray olmayman. Ko’zlarim protez.
— Nima deyotganingizni bilasizmi o’zi?
— Bilmayman. Boshim ham, tilim ham protez.
— O’zingizga tegishli a’zoingiz ham bormi?
— Ha, oyog’im o’zimniki.
***
Oltin to’y. Yubilyardan muxbir so’radi:
— Siz xotiningiz bilan shuncha yil birga yashabsiz-u, biror marta janjallashmabsiz. Bunga qanday erishdingiz?
— Biz to’ydan so’ng kelishib oldik. Janjal chiqishi bilan men hojatxonaga kirib berkinadigan bo’ldim.
— Xo’sh?
— Mana, ellik yil hojatxonada hayot kechirdim.
Olimjon HAYIT tayyorladi