Turk oshxonasi o’zining xilma-xilligi bilan butun dunyoda dovruq qozongan. Unda betakror ta’mga ega bo’lgan ishtahaochar taomlar shunaqa ko’pki, hammasini tanovul qilgingiz keladi. Shubhasiz, Turkiya ko’chalarida savdo qilinadigan yeguliklar oziq-ovqat mahsulotlarining o’ziga xos toifasi hisoblanadi. Sog’lom ovqat tarafdori bo’lsangiz ham bu yerdagi taomlarni bir marta bo’lsa-da tatib ko’rmaslikning iloji yo’q. Umuman olganda, ular shunga arziydi, bunga ishonavering. Chunki ayrim taomlarni dunyoning boshqa joyida umuman uchratmaysiz. Uchratganda ham juda kam miqdorda topish mumkin.
Shalgam — sholg’om va sabzidan tayyorlangan o’tkir ichimlik
Ko’kat solib tayyorlangan baliqli non
Kokorech — ziravorlar solib qovurilgan go’shtli submahsulotlar
Guruchli qiyma solib pishirilgan midi
Tyukyuryuk — pomidor va ko’katlar bilan tortiladigan kotlet
Kerxane — shakarli qiyomga botirib olingan qovurilgan xamir
No’xatli palov
Qaynoq pogacha — turli qiymalar solib tayyorlanadigan yumshoq xamirli yegulik (bu yerda uni nonushtaga iste’mol qilishni xush ko’rishadi)
Kunjutli qarsildoq simit
Nordon tuzlama
Ajoyib ta’mga ega shakarli paxta