Mallavoy olis shaharlardan biriga sayohatga borgandi. Obro’li mehmonxonaga joylashdi.
Kechqurun nomerda dam olib o’tirsa, telefon jiringladi.
— Allo, bu Mallavoy akami?
— Ha, kim kerak?
— Yo’-o’q… Men mehmonxona xizmatchisiman, aka! Mabodo, go’zal qizlarni ko’nglingiz tusamayaptimi?
— Yo’q! — do’q aralash javob qildi Mallavoy.
— Yaxshilab o’ylab ko’ring, bizda ja ketvorganlari bor!
— Qanaqa uyatsiz odamsiz? Men bu yerga qiz axtarib kelganim yo’q!
— Hech bo’lmasa, mushukcha olib kiray. Biroz silab o’tirsangiz ko’nglingiz yozilarmidi…
— Silasam faqat dazmol bilan silayman, bildingizmi?! Ko’p vaqillayvermang!
— Obbo, shunaqayam qaysar odammisi-iz?..
— Ha, men qaysarman, bo’ldimi?!
— Unda ayting-chi, kechqurunlari nima bilan shug’ullanasiz?
— Boshqotirmalar yechaman, nimaydi?
— Tushundim, tushundim…
Qo’ng’iroq egasi shu zahoti go’shakni joyiga qo’ydi…
O’n besh daqiqalardan so’ng esa…
Nomer eshigi taqilladi.
Mallavoy eshikni ochib ne ko’z bilan ko’rsinki, ostonada kelishgan bir juvon kulimsirab turardi.
— Salom! Tanishib qo’yaylik! Men Baxtinisa — boshqotirmaman!