* * *
Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o’qib xotiniga dedi:
— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go’zal qizlari uchraydi-a?
Xotin eriga mehr bilan boqib, so’ngra o’zini ko’zguga solib dedi:
— Rahmat, azizim!
* * *
Yarim kechasi xotin erini uyg’otib so’radi:
— Karavot ostida sichqon nimanidir qitirlayotganday bo’lyaptimi?
— Nima qilay shunga? Miyovlaymi?
* * *
Eshik qo’ng’irog’i jiringladi.
— Kechirasiz, men yangi basseyn uchun xayriya yig’ib yurgandim.
— Gap yo’q, hozir bir chelak suv olib chiqib beraman.
* * *
Bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, ichki ishtonimning qaeri oldi, qaeri orqasi?
— Senga yuz marta aytganman. Oq dog’li tomoni oldi. Sariq dog’lisi orqasi.
* * *
Vrach kichkinagina bolaga ukol qilyapti. U yig’lay boshlagandi, vrach yupatishga tushdi.
— Qara, pashsha! Hov ana!..
Ukol tugashi bilan bolakay yugurib onasiga yopishdi.
— Oyi, pashsha orqamni chaqib qochdi!
* * *
Besh yashar bola ko’chada konfet yeb o’tirgandi. Bir ayol o’tib qoldi.
— Xola, konfet yeysizmi?
— Mayli.
— Xo’sh, mazalimikan?
— Judayam.
— Qiziq, unda itim nega tupurib tashladiykin?
* * *
Baliqchi oltin baliq tutib oldi. Baliq so’radi:
— Uchta tilagingni ayt, bajo keltiraman!
— Menga temir-tersak zavodi, zo’r mashina va ko’p xonali kvartira hozirla!
— Kreditga olasanmi, yo naqdigami?
* * *
— Toshmatvoy, mana bu topishmoqni top-chi! Hamma narsani biladi, hamma narsani ko’rib turadi, hamma narsani eshitib turadi. U kim?
— Qo’shnimiz Orzi xola.
* * *
Foydali maslahat:
— Agar kvartirangizdagi kranlardan suv tomchilayotgan bo’lsa, usta chaqirib ovora bo’lmang! Pastdagi qo’shnining o’zi chaqirib keladi.
* * *
Erkak qo’shnisinikiga kirsa, tuxumni g’alati tarzda qovurayapti. Oldida uchta plita. Tuxum solingan idishni goh unisiga, goh bunisiga qo’yadi…
— Qo’shni, tuxum qovurishning yangi usulini topdingizmi deyman? — so’radi u.
— E, qanaqa usul?.. Montyor yaramas mening uyimga svetoforning tokini ulab ketibdi.