* * *
Oltinchi sinf qizlari qo’shni sinf o’g’il bolalaridan so’rashdi:
— Sizlarda shvabra bormi?
— Yo’q, u bugun darsga kelmadi.
* * *
Tibbiyot fakulteti auditoriyasi. Keksa muallim ichkariga kiriboq gap boshladi:
— Menam bir paytlar sizlardek yosh edim… Baquvvat edim. Yaqin do’stim bor edi. Sizlarga o’xshab mening ham sevgan qizim bor edi. Ana o’sha yaqin do’stim sevgan qizimni tortib oldi. Oxir oqibat, men burnim bilan qoldim, do’stim esa, burunsiz qoldi. Bugungi darsimiz «SPID va uning ziyoni» haqida.
* * *
Qiz undan o’n yosh kichik edi. Lekin tabiat qonunlaridan unumli foydalanib yigitning bo’yniga minib oldi. O’ttizinchi may kuni «So’nggi qo’ng’iroq» ko’rsatuvini tomosha qiling!
* * *
Talaba muallimdan so’radi:
— Menga avtomat va’da qilgandingiz. Nima bo’ldi?
— Uka, senga nafaqat avtomat, balki, qozoni etik ham topib beramiz.
* * *
U bir ko’rishdayoq sevib qoldi. Ikkinchi ko’rishda usiz hech kim emasligini tushundi. Uchinchi ko’rishda uni deb oilasidan ham voz kechishga tayyor ekanini his etdi. To’rtinchi ko’rishda butun umrini unga bag’ishlashga tayyor bo’lib ketdi. Beshinchi ko’rishda esa… Kechikibdi. Kimdir ilib ketibdi. Shundan so’ng u indamasdan ortga qaytib ketdi… Nimayam qilsin? Mashina sotib olish kelasi yilga qoldiriladi.
* * *
— Nega skripkangni sotib yubording?
— Qo’shnim qurol sotib olganini eshitib qoldim.
* * *
Yangi boyning oilasi dengiz sohilida dam olyapti. Kichik o’g’il onasidan so’radi:
— Oyi, cho’milsam maylimi?
— Yo’q, cho’kib ketasan.
— Ana, dadam cho’milyapti-ku!
— Unga mumkin. Dadang sug’urtalangan.
* * *
Ikki sher suhbatidan:
— Yangi boylar jonga tegdi. Tinmay aroq ichishadi, hammayoqni iflos qilishadi, so’kinishadi…
— Uniyam qo’yib tur, oshqozonda qo’l telefonining jiringlayverishi-chi!
* * *
Yangi boy kitob do’koniga kirib so’radi:
— Kitob bormi?
— Ha.
— Ikkitasini o’rab bering!
* * *
Ikki yangi boy avtosalonga kirishdi. Ulardan biri ikkita «Mers» sotib oldi-da, bittasini sherigiga sovg’a qilib yubordi.
— Ie, nega menga buni sovg’a qilding?
— Kecha senam kofe bilan mehmon qilding-ku!
loading…