OLTIN O’RDA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Oltin O’rda faqat mo’g’ullardangina iborat bo’lmagan. U yerda ko’plab millatlar vakillari ham yashagan.
2. O’rda ichkarisida ham ko’plab janglar yuzaga kelardi. Masalan, Kulikovo jangini oladigan bo’lsak, Dmitriy Donskoy Mamayga bo’ysunishdan bosh tortgani uchun ham o’sha jang bo’lib o’tgan. Bo’ymunmasligiga sabab shuki, Mamay Oltin O’rda hukmdori emasdi.
3. To alohida davlat shaklini olgunga qadar Oltin O’rda Chingizxon tashkil etgan Mo’g’ulistonning bir qismi hisoblangan.
4. Oltin O’rdaning umumiy maydoni sobiq SSSR umumiy maydonidan ham kattaroq bo’lgan.
5. Oltin O’rdada yashovchilar dastlab mo’g’ullar kabi Osmonga sig’inishgan. Lekin xon O’zbek Oltin O’rdani egallagach, Islom dini asosiy din sifatida qabul qilingan.
6. Hozirgi Rossiya hududi ham Oltin O’rda nazoratida bo’lgan. Ammo ruslar Oltin O’rda tarkibiga kiritilmagan. Faqat katta miqdorda o’lpon to’lash bilan cheklanishgan.
7. Oltin O’rda ko’p millatli edi. «mo’g’ul-tatar» atamasi esa 19-asrdagina paydo bo’lgan.
8. 16- asrga qadar Oltin O’rdada nasroniylar cherkovi yeparxiyasi hukm surgan.
9. Rus knyazlarining merosxo’rlari ko’p marotaba Oltin O’rdaga garov sifatida olib kelingan.
10. Oltin O’rdada yashovchilarning o’zi uni Ulus Juchi yoki Ulu Ulus deb atashgan.
11. Oltin O’rdaning poytaxti Saray shahri hisoblangan. Ammo bizning kunlargacha bu shahar saqlanib qolmagan. Shunisi ma’lumki, Saray shahri Volga daryosi sohilida joylashgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…