XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ODAMNING TANA A’ZOLARI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Odam tanasidagi asab impulslari soatiga 400 km tezlikda harakatlanadi.

2. Odam tanasidagi eng yirik a’zo o’pka hisoblanadi. Agar uni yerga yoyib chiqilsa, bitta tennis korti hajmidagi maydonni egallaydi.

3. Odamning suyagi po’latga nisbatan 5 hissa og’irroq bosimni ko’tara oladi.

4. Agar muskulatura bo’lmasa, tanamiz harakatlana olmasdi. Bir qadam oldinga yurish uchun 200 ta mushak baravar harakatga keladi.

5. Odamning ko’zlari shu qadar sezgirki, agar yer yassi shaklda bo’lsa, 50 km uzoqlikdagi yonayotgan shamni ko’ra olardik.

6. Tanamizdagi bakteriyalar soni to’qimalardan ko’pchilikni tashkil etadi.

7. Yoshi ulug’ odamning tanasi har soniyada 25 millionta yangi to’qima yaratadi. Ular o’lgan to’qimalar o’rnini egallaydi.

8. Eng mayda mushaklar bizning qulog’imizda joylashgan. Toz qismimizdagi mushaklar tananing eng yirik mushaklaridir. Ular oyoqlar harakatga kelishini ta’minlaydi.

9. Sochlarimizning bitta tolasi 100 gramm yukni bemalol ko’tara oladi.

10. Oshqozonimiz har qanday narsani hazm qilishga qodir. Kerak bo’lsa, temirni ham eritadi.

11. Olimlarning ta’kidlashicha, tirnoq odamning umuman keraksiz a’zosi ekan. Ular keyingi evolyutsiya bosqichlarida yo’q bo’lishi kutilmoqda ekan.

12. O’pkada 300 000 000 ta kapillyar bor. Agar ularni birlashtirib uzunlik hosil qilinsa, 1609 kilometrgacha cho’zilarkan.

13. Aksirishning foydasi shuki, u burun va tomoqdagi zararli moddalarni o’ldiradi. Odam aksirganda tezligi soatiga 160 km ni tashkil etadi. Aksa urganimizda yurak bir necha lahzaga urishdan to’xtaydi.

14. Odam umri davomida o’rtacha 160 kilometr yo’l bosadi.

15. Odam tanasining qarish va yosharish jarayonini gerontologiya fani o’rganadi.

16. Odam yoshi ulg’aygani sayin ta’m bilish imkoniyatlaridan mahrum bo’la boradi. 60 yoshdan keyin u teng yarim ta’m bilish reseptorlaridan ayriladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…