* * *
— D-d-d-d-d-o’xtir! M-m-m-m-men d-d-d-duqlanayapman!
— Q-q-q-q-qani… B-b-b-b-beshgacha s-s-s-s-s-sang-chi!..
* * *
Qiz otasiga dedi:
— Dada, men hech qachon turmushga chiqmayman. Bir umr sizlar bilan yashab qolaman.
— Yo’q, odamni bunaqangi gaplar bilan qo’rqitaverma!
* * *
Futbolni jonidan ortiq ko’radigan bir qariya kuni bitganini yaqin do’stiga aytgandi, u shoshib qoldi.
— Menga qara, mabodo jannatga tushib qolsang, so’rab ko’r-chi, u tomonlardayam futbol jamoalari bormikan. Bo’lsa, darrov tushimga kirib menga aytasan!
Qariya ertasi kuni o’libdi-yu, bir kun o’tib do’stining tushiga kiribdi.
— Oshna, jannatda ham haqiqatan futbol jamoalari bor ekan. Ertaga o’yin bor. Seniyam asosiy tarkibga tirkab qo’ydim.
* * *
Nervopatolog bemorga asabni tinchlantiradigan dori beryapti.
— Qani, dorini yuting! Tezroq yuting! Yut dedim, yaramas!!!
* * *
Bolakay bobosi yashaydigan qishloqqa mehmon bo’lib keldi. Bobo uni zerikib qolmasin degan niyatda yoniga ovchi itni qo’shib ovga jo’natdi. Bola ikki soatdan so’ng qaytib kelib bobosiga dedi:
— Bobo, yana itingiz bormi?
* * *
Do’kondagi e’londan:
— Hurmatli ayollar, eringizga sovg’a sotib oling! Shunda suyukli insoningiz uchun kichkinagina sovg’a tekinga tushadi.
* * *
Ayolning erkakdan farqli tomoni shundaki, ayol ona bo’lganini darrov bilib qoladi. Erkak esa, kimningdir otasi bo’lganini umrining oxirigacha bila olmasligi mumkin.
* * *
— Azizam, mabodo o’ta jahldor, injiq, pastkash bo’lib qolsam, baribir meni sevib yasharmiding?
— Albatta… Ammo juda-juda sog’ingan bo’lardim.
* * *
Xalqaro xotin-qizlar simpoizumi dasturi:
1. Nima kiyamiz buyog’iga?
2. Hamma erkaklar — yaramas.
3. Boshqa masalalar.
loading…