* * *

Birinchi sinfga borgan bolakay bog’chaning ±nidan o’tib keta±tib, o’ynab yurgan bolalarga yaqinlashdi-da, dedi:

— Eh, jon deb sizlarga qo’shilardim-u, ma’lumot qurg’ur yo’l qo’ymaydi-da!

* * *

Yangi boyning bolasi otasiga dedi:

— Dada, aylanishga ketyapman, pul bering!

— Bor, shkafda turibdi, olaver!

— Qancha olay?

— Ikki santimetr yetar?..

* * *

Yaqinda gapiradigan kir yuvish mashinasini ishlab chiqarishdi. U quyidagi tartibda ishlaydi:

— Kiyimlarni ichimga soling! Rahmat!.. Ie, ko’ylak yoqasiga lab bo’yog’i qaerdan tega qoldi!.. Maqsuda-a-a-a-a!.. Eringning ko’ylagi yoqasiga begona ayolning lab bo’yog’i tegib qolibdi-i!!!..

* * *

Yo’lovchi styuardessadan so’radi:

— Nega uchuvchilaringiz chap yelkalari osha tupurib qo’yishdi?

— Oldimizdan qora mushuk o’tib ketdi.

— Ie, osmonda mushuk qaerdan paydo bo’ldi?

— O’zga sayyoraliklar tashlashibdi.

* * *

Chukchalarga yashash uchun vagon sovg’a qilishdi. Bir oydan keyin qanday yashayotganlarini bilish uchun tashrif buyurib qarashsa, hammalari bir bo’lib vagonni u yoqdan-bu yoqqa sudrab yurishibdi. Ularning biridan sababini so’rashganda, shunday javob berdi:

— Hojatxona eshigiga «Vagon to’xtab turganda hojatxonadan foydalanmang» deb yozib qo’yishgan ekan. Shuning uchun bir-birimizga yordam berib yotibmiz.

* * *

— Oshna, odam ham shunaqa beparvo bo’ladimi?

— Nima qilibman?

— Sharmanda bo’lding-ku!

— Qanaqasiga?

— Kecha xotinim seni Tojinisa qo’shmachinikida ko’rib qopti.

* * *

Vrach:

— Burningizni kichraytirish ming dollar turadi.

— Do’xtir, arzonroq yo’li yo’qmikan?

— Bor, buning uchun siz katta tezlikda simyog’ochga borib urilishingiz kerak bo’ladi.

* * *

Eshik taqilladi. Ichkaridan go’zal bir qiz chiqdi. Qarasa, ostonada soqollari o’siq erkak bir dasta atirgul ko’tarib turibdi. Qiz mamnun jilmayib dedi:

— Voy, atirgullar mengami? Ishonsangiz, men atirgullar va soqoli o’siq erkaklarni juda yaxshi ko’raman!

Erkak qovog’ini uyib to’ng’illadi:

— Gapni ko’paytirmay, otangni chaqir, otangni!

* * *

Futbol matchi. Birinchi taymdan so’ng tanaffusda himoyachi murabbiyga dedi:

— Meni almashtiring! Ortiq bu jamoaga qarshi o’ynay olmayman!

— Nega?

— Hujumchisi shunaqa tez choparkanki, biror martayam oyog’iga tepishga ulgura olmadim.

* * *

To’qimachilik fabrikasi qizlari ish joyida diskoteka uyushtirishdi. Lekin oralarida bironta ham yigit yo’q. Bir payt ichkariga turma mahbuslari kiyimidagi bir erkak kirib keldi. Qizlardan biri uni shu zahoti raqsga taklif etdi va so’radi:

— Kimsiz? Qaerdan kelyapsiz?

— Men hozirgina turmadan chiqib kelyapman. Yigirma besh yil o’tirdim. Xotinimni bolta bilan bo’laklab tashlaganim uchun qamalgandim.

Qiz ortga o’girildi-da, dugonalariga qarata qichqirdi:

— Qizlar, bo’ydoq ekan!

Olimjon HAYIT tayyorladi