****

Yalmog’iz oynasiga qarab so’rabdi:
— Bu dunyoda kim chiroyli, – desa
Oyna:
— Men, – dermish!

****

Maymun go’zallik saloniga boribdi. Uyiga kelib, eriga:
— Qalay, yoqdimi, – deganakan
Eri unga picha qarab turib:
— Baribir odam bo’lmaysan, dermish.

****

Xo’jayin, qarang, sizni so’rashyapti…

****

Bir alkash poezd yo’lidan ketarkan, o’ziga o’zi:
— Agar shu narvondan tushvosam, qaytib ichmayman, – dermish.

****

Bir odam donishmandni yoniga kelib debdi:
— Nimaga kambag’al odamdan yordam so’rasang, qo’lidan kelgancha ko’mak beradi-yu, boy va mansabdordan yordam so’rasang yordam bermaydi.
Donishmand javob beribdi:
— Derazaga qara! Nimani ko’ryapsan?
— Ko’chani, odamlarni, …
— Endi, ko’zguga qara!
— Ko’zguda o’zimni ko’ryapman faqat.
— Ana ko’rdingmi!? Oynaga ozgina kumush qo’shilgan edi, faqatgina o’zingni ko’rsatadigan bo’lib qoldi. Huddi shu kabi, insonlarga ozgina boylik berilsa, o’zidan boshqa hech kimni ko’rmaydigan bo’lib qoladi.

****

Bir yigit sehrli chiroqni topib olibdi-da, uni ishqalabdi. Shu payt ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni…, – debdi.
Yigit ham shoshilib qolib:
— Tinch okeani ustidan o’tadigan ko’prik qurib ber!, – deb yuboribdi.
— Esing joyidami?! U okean bo’lsa… O’zingga foydaliroq narsani so’rasang-chi, – desa, yigit:
— Dunyodagi barcha ayollarni javramaydigan qilib qo’y!, – debdi.
Jin ham o’ylanib turib:
— Qaerga ko’prik qurish kerak edi…?, – dermish.