* * *
O’ntacha shlyapani kiyib ko’rgan ayol nihoyat sotuvchiga yuzlandi.
— Manavinisini olaman. Qancha turadi o’zi?
— Hech qancha.
— Bu nima deganingiz?
— Axir, do’konga xuddi shu shlyapada kelgansiz!
* * *
Bir erkak katta universal do’konning ma’lumotlar xonasiga kelib dedi:
— Men xotinimni yo’qotdim!
— Dafn marosimlari uchun mahsulotlar uchinchi qavatda sotiladi.
* * *
Sochi benihoya o’sib ketgan yigit sartaroshning boshi uzra magnit aylantirayotganini ko’rib hayron bo’ldi va so’radi:
— Bu soch olishning yangi usulimi?
— Yo’q, men sochingiz orasidan qaychimni qidiryapman.
* * *
Erkak sartaroshxonaga kirib dedi:
— Soqolimni oliy darajada olib qo’ying!
Sartarosh uning yuziga ko’pik sura boshlagandi, erkak baqirdi:
— Men sizga soqolni oliy darajada oling dedim!
— Haliyam oliy darajada olaman. Past darajada bo’lsa, yuzingizga ko’pik surmasdan, shunchaki tuflab qo’ya qolardim.
* * *
Etikdo’zlik do’konida.
Mijoz:
— Men sizga bir juft botinka olib kelgandim. Negadir bir poyinigina beribsiz.
Usta:
— Mana shu qo’lingizdagi bir poy botinka bir kun vaqtimni o’g’irladi. Uni aylantirib tikish, charmini, poshnasini almashtirishga to’g’ri keldi.
— Xo’p, unda ikkinchi poyi qani?
— Ie, bu nima deganingiz? Butun boshli botinkaga materialni qaerdan olardim? O’sha bir poy botinkadan oldim-da!
* * *
Kampir bozorda suvarakka qarshi o’t sotayotgandi. Bir erkak so’radi:
— Nimaga qarshi bu?
— Suvarakka qarshi.
— Qanday foydalanaman bundan?
— Suvarakni tutib olasan-da, basharasini shu o’tga ishqayverasan, ishqayverasan…
* * *
Bozorda.
— Manavi etikni kiyib ko’rsam bo’ladimi?
— Ha, kiyib ko’rish yuz so’m.
— Rahmat. Menga loyiq ekan. Mana sizga yuz so’m. Xo’sh, etikning o’zi qancha turadi?
— Sizga kim aytdi bu etik sotiladi deb?
* * *
Ikki sher suhbatlashyapti:
— Boyvachchalar jonga tegdi. Bog’ni aylanib yugurishadi, aroq ichishadi, shishasini qafasga irg’itishadi…
— Ha-a, keyin qorinda qo’l telefoni jiringlab asabga tegadi.
loading…