* * *
Vrach bemorlarga dedi:
— Boshingizdagi bitlarni aslo o’ldira ko’rmang!
— Nega?
— Chunki ularning tomirida sizning qoningiz oqmoqda!
* * *
— Nega boshing titrab ketyapti?
— Xayol miya bilan bosh orasida tiqilib qoldi.
* * *
Foydali maslahat:
— Agar suti qochib ketmasin desang, sigirni mahkamroq bog’lab qo’y!
* * *
Ko’prik ustida bir erkak baliq tutayotgan odamni kuzatardi. O’tib ketayotgan bolakay undan so’radi:
— Amaki, baliqchi biror narsa tutdimi?
— Qanaqa baliqchi bo’lsin u? To’rt soatdan beri turibman, birontayam baliq tuta olgani yo’q.
— Nega o’zingiz ovlamayapsiz?
— E, sabrim chidamaydi.
* * *
Ikki sigir maysazorda o’tlardi. Bir gala egovlar uchib kelib sigirlarning biridan so’rashdi:
— Janub qaysi tomonda?
Sigir ko’rsatdi. Oradan hech qancha o’tmay yana bir gala egovlar uchib kelib so’radi:
— Janub qaysi tomonda?
Sigir ularga boshqa tarafni ko’rsatib yubordi. Shunda sherigi undan so’radi:
— Nega bularga boshqa tomonni ko’rsatding?
— Shuncha egovga janubda nima bor?..
* * *
E’lon:
«Kompyuterda juda sekin teradigan kotiba duduq direktor qidirmoqda».
* * *
Sevgilisi tashlab ketib o’zini o’zi o’ldirishga ahd qilgan timsoh sekin telefon go’shagini ko’tarib dedi:
— Allo! Bu charm katmonlar ishlab chiqaradigan fabrikami?
* * *
— Og’ayni, nega xafasan?
— Ketvorgan bir qizni tushimda ko’rgandim.
— Shunga xafa bo’lyapsanmi?
— Yo’q, qiz bilan tanishdim, gaplashdim, endi telefon raqamini yozib olmoqchiydim, xotinim uyg’otvordi.
* * *
Shaharlik qizlar qishloqqa dam olish uchun kelishgandi. Yo’lda echki yetaklab ketayotgan erkakni ko’rib qizlardan biri qichqirdi.
— Qizlar, qaranglar! Juda chiroyli echki ekan! Hatto shoxiyam yo’g’-a!
Shunda erkak qizga dedi.
— Xavotir olmang, qizim! Buyam uylansa albatta shoxi chiqadi!