Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Turmush qurayotgan yoshlar ertami kechmi nikoh uchun mavsum tanlash masuliyatini o’z bo’yinlariga olishiga to’g’ri keladi. To’y uchun qaysi mavsumni tanlagan yaxshi?
Bu savolga javob berish bir vaqtning o’zida ham oddiy, ham qiyin. Har qanday mavsum bayram uchun mos, lekin eng yaxshisi esa sizni qoniqtirganidir. Biz o’zimiz tomonimizdan har birining afzalliklari va kamchiliklarini ta’riflashga harakat qilamiz, tanlov qilish esa o’zingizdan.

Bahoriy to’y

Ko’pchilik to’y uchun yilning eng ideal davri bahor deya hisoblaydi. Tabiat uyg’ongan, atrof muhit yashilga burkangan, uzoq o’lkalardan qushlar qaytgan, osmon juda musaffo va och ko’k tusni egallagan…

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Bahor to’yining afzalliklaridan:

– eng yaxshi mutaxassislar (toastmaster, fotosuratchi, to’y tashkilotchisi va boshqalar) xizmatlarining narxlari ko’tarilib ulgurmagan bo’lishi;

– To’yxonaning ancha hamyonbop narxi;
– Suratga olish uchun go’zal tabiiy ko’rinishlar.

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Bahordagi nikohning kamchiliklari:

– o’zgaruvchan ob-havo; (ochiq havoda tashkillashtirilgan to’yning ssenariysiga xalaqt qilishi tabiiy).

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Yozgi to’y

To’y uchun eng mashhur mavsum – yoz hisoblanadi.

Afzalliklar aniq:

– Issiq ob-havo, uning yordamida har qanday uslubdagi to’y libosini tanlashingiz mumkin;

– tabiatda to’y qilish imkoniyati;

– to’y yurishi va fotosessiyalar uchun joy tanlash cheksizligi.

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Shu bilan birga, yozgi to’yda ko’plab kamchiliklar mavjud bo’lib, ularning asosiy qismi quyidagilardir:

– to’y xizmatlari uchun narxlar bahorga nisbatan 2-5 marta ko’tariladi;

– Ro’yxatga olish idorasida va to’y fotosuratlari uchun mashhur joylarda navbatlar ko’payishi;

– kuchli issiq, sog’lig’idan shikoyati bor odamlarga noqulaylik, to’y shirinliklarining tez buzilib qolishi;

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Kuzgi to’y

Kuzda to’y yuqorida keltirilgan yozgi nishonlarning barcha kamchiliklarini hisobga olsak, ko’pgina kelinlar va qizlar to’y uchun yilning eng yaxshi vaqtini kuz deb hisoblashadi. Bunga rozi bo’lmaslik ham qiyin.

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Uning afzalliklari:

– Iliq, lekin unchalik ham issiq havo bo’lmaydi;

– To’y fotosessiyasini o’tkazazish uchun juda ajoyib manzaralarning ko’pligi ;

-To’y tashkilotchilari, mutahassislar, suratchilarning yozga nisbatan pastroq bahoda ishlashlari;

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Kuz to’yining kamchiliklari qatorida, ob-havo juda injiq va noaniq bo’lib qolishi ham bor, aynan shu uchun ko’plab bayram g’oyalari amalga oshmay qolishi ham mumkin. Ehtimol, bu asosiy kamchilik emasdir, hatto yagona kamchilik ham bo’lishi mumkin.

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Qishki to’y

Va nihoyat to’y uchun ko’pincha tanlanmaydigan qish fasliga yetib keldik. Negadir ko’p kelin-kuyovlar ushbu faslda to’y qilishdan qo’rqadilar. Bekor qilishadi ham. Qish faslida to’y qilishning juda ko’p siz bilishingiz kerak bo’lgan afzalliklari bor.

Shunday qilib qish faslining afzalliklarini sanashni boshlaymiz:

-Yil davomidagi to’y xizmatlari narxining eng past darajada bo’lishi;
– Mutaxassislar borasida keng tanlov, bu davrda ular deyarli ishsiz bo’lishadi;

-Sotuvga endi kirib kelayotgan to’y liboslarining ulkan assortimenti;

– Yangi yil bayrami munosabatlari bilan shaharlarda yoqilgan turli tuman ajoyib chiroqlarning porlagan manzarasi;

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Qishki to’ylar ham kamchiliklardan mustasno emas, ammo bu to’g’irlab bo’lmaydigan darajada emas:

– to’y libosini tanlashda tanlov cheklanganligi ( faqat yengi uzun ko’ylaklar) va kelin uchun shuba ehtiyoji;

-Suvli ko’llar va loyli ko’lmaklar;

-Sovuq havo sharoitlari (muz) tufayli uzoq vaqt talab qilishi mumkin.

Nikoh to'yi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!