* * *
— Esimda. Bog’chamizda bir bola bo’lardi. Hammani qatorasiga kaltaklardi. Meni kaltaklamasdi. Chunki, men ham anoyi emasdim. Javob qaytara olardim. Shuning orqasidan meni bog’chadan haydashgan. Aytishlaricha, qorovul bolalar bilan mushtlashmasligi kerak ekan.
* * *
Yoqilg’i quyish shohobchasida besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, mashina ko’-o’p benzin yeyaversa, avtobus bo’p qoladimi?
* * *
Dala hovli. Buvi va nevara choy ichishyapti. Stol ustida murabbo. Murabbo ustini chumoli bosgan. Nevara chumolilardan birini o’ldirdi.
Buvi:
— Nega unday qilding? Ularning ham joni og’riydi-ku! Uyda bolalari bordir… Tasavvur qil, bolalari kutib o’tirishsa-yu, onasi kelmasa…
Nevara yana bir chumolini ezg’ilab tashladi-da, dedi:
— Unda otasiyam bormay qo’ya qolsin.
* * *
To’rt yashar bolakay onasiga dedi:
— Oyi, menga singil sotib olaylik!
— Men roziman. Lekin dadang rozi bo’lmaydi-da!
— Dadam hozir kurortda. Keling, u yo’qligida sotib ola qolaylik.
* * *
Ona qizchasiga qo’rqinchli ertak aytib berar, lekin qizcha sira qo’rqmasdi. Ona undan so’radi:
— Nahotki, sen odamxo’rlardan ham qo’rqmasang-a?
— Nega qo’rqarkanman? Mening ismim odam emas, Zarifa-ku!
* * *
Vrach:
— Bemor, manavi yeringiz qay mahal og’riydi?
— Nafas olganimda.
— Shunaqami? U holda uch kun uyda hech qayoqqa chiqmay o’tiring. Zinhor nafas ola ko’rmang. Uch kundan keyin o’zim sizdan xabar olaman.
* * *
Xonandadan so’rashdi:
— Hozirgi kunda eng mashhur, xalq sevgan qo’shiqchi kim?
U xotirjamlik bilan javob berdi:
— Biz bir necha kishimiz, do’stim.
* * *
Shisha qabul qiladigan punkt. Yelkasida bir qop shisha bilan gadoy kirib keldi va so’radi:
— Kechirasiz, sizlar shotlandlar viskisidan bo’shagan shishalarniyam qabul qilasizlarmi?
Biroz jimlikdan so’ng punkt xodimi qo’li ko’ksida javob qildi:
— Ha, janob!
* * *
To’rt yashar bolakay onasidan so’radi:
— Oyi, nega itimiz tilini chiqaraveradi?
— Chunki, havo issiq.
— Ie, unda nega paltosini yechib qo’ya qolmaydi?
— Paltosini yecha olmaydi. Tugmasi yo’q.
* * *
Muallima:
— Eshmatvoy, «mushuk», «it» va «qarash» so’zlari ishtirokida gap tuz-chi!
— Kecha uyda o’ynayotib, mushugimizning dumini bosib olgandim, u nariroq qochib borib baqirdi:
— Vey, ko’zga qarash kerak-da, itga o’xshagan!