XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SUV PARISI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

Suv parisi o’zining sirliligi bilan barchaning e’tiboriga tushgan. Ular yarim odam, yarim baliq ko’rinishida bo’ladi. Suv parilari ayyor, dog’uli. Odamning ular bilan uchrashuvi hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Ammo shunga qaramay, dunyoda ko’plab odamlar hanuz suv parilarini qidiradi.

Quyida suv parilari haqidagi qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz. Xulosa chiqarish sizdan.

1. «Suv parisi» atamasini kim o’ylab topgani ma’lum emas.

2. Suv parisi suvni o’ziga bo’ysundira olmaydi.

3. U kuchli joduga ega emas. Fol ochish, jodulash bilan shug’ullanmaydi.

4. Birdan-bir imkoniyati shuki, suv parisi odamning ko’ziga tik boqish orqali uni o’ziga bo’ysundiradi. Shuning uchun suv parisini uchratgan odam uning ko’ziga boqmagani ma’qul.

5. Suv parilari odamning xayolidan nima o’tayotganini aniqlay oladi.

6. Suv parisi tug’ilmaydi. Muhabbatiga yeta olmay suvga cho’kkan qizlar suv parisiga aylanarmish.

7. Suv parisi hamisha o’zi uchun yolg’iz yoki xotini bilan kelisha olmaydigan erkakni qidiradi. Topgan zahoti uni suv qa’riga boshlab ketadi. Ko’ribsizki, sho’rlik erkak cho’kadi-yu, o’lim topadi.

8. Suv parisining odamni o’ldirish usullaridan yana biri qitiqlashdir. U odamni to o’lmaguncha qitiqlayverarkan.

9. Suv parisi o’zi ilgari yashagan uyda daf’atan paydo bo’lishi ham mumkin. Lekin uydagilarga ziyon yetkazmaydi. Aksincha, ularni o’z himoyasi ostiga oladi.

10. Slavyanlar mifologiyasida suv parisi dumsiz, oddiy qiz qiyofasida, ammo rangi haddan tashqari oqargan holda tasvirlangan.

11. Suv parilari asosan yoz oylarida ko’zga ko’rinadi. Qolgan vaqtlarni suv ostidagi odamzod ko’zlari ko’ra olmas marvarid saroylarda dam oladi.

12. Suv parilarining sochlari uzun. Ularni yoygan holda harakatlanadi. Oy chiqqan kechalarda suv bo’yiga chiqib soch tarash bilan band bo’ladi.

13. Rossiya shimolidagi xalqlar suv parisini o’ta xunuk va aqlan zaif sifatida tasvirlashadi.

14. Suv parisi tunlari suv ustida odamlar ko’ziga ko’rinadi. Kunduzi suv ostidan yuqoriga chiqmay istirohat qiladi.

15. Tunlari ular ko’plashib sohilga chiqisharkan-da, yulduz sanab, tungi osmonga boqib, bir-biri bilan muloqot qilarkan.

16. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, suv parisi juda yaxshi qo’shiqchi ham ekan.

17. Mifologiyada ta’kidlanadiki, payshanba suv parilari g’azabnok qiyofaga kiradigan kun ekan. Aynan payshanba kuni suv parisi ko’proq odamning boshiga yetadi.

18. Ammo ayrim suv parilari cho’kayotgan go’daklarni qutqarib qolgani haqida ma’lumotlar ham bor.

19. O’z davrida Rossiya imperatori Petr I ham suv parilari bilan qiziqib ko’rgan.

20. Shu kunga qadar suv parilarini Skandinaviya, Britaniya, Yevropa, Afrika davlatlarida ko’p uchratishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi