* * *
Mehmonxona xo’jayiniga mijozlardan biri dedi:
— Tushunmadim. Mehmonxona haqiga televizorniyam qo’shib qo’yibsiz. Xonada televizor yo’q-ku!
— To’ppa-to’g’ri. Biz televizor sotib olish uchun pul yig’yapmiz.
* * *
Yangi boyning xotini uy xizmatchisini ishga olayotib undan so’radi:
— Siz to’tiqushlarni yaxshi ko’rasizmi?
— Tashvish tortmang, opajon! Men ovqat tanlamayman!
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Qiz ko’ribsiz, tabriklayman!
— Rahmat.
— Qizingiz onasiga o’xshaydimi?
— Bilmadim, tili chiqsin-chi, ko’rarmiz!
* * *
Eshik qo’ng’irog’i jiringladi.
— Kechirasiz, men yangi basseyn uchun xayriya yig’ib yurgandim.
— Gap yo’q, hozir bir chelak suv olib chiqib beraman.
* * *
Besh yashar bolakay dadasidan so’radi:
— Dada, ichki ishtonimning qaeri oldi, qaeri orqasi?
— Senga yuz marta aytganman. Oq dog’li tomoni oldi. Sariq dog’lisi orqasi.
* * *
Vrach kichkinagina bolaga ukol qilyapti. U yig’lay boshlagandi, vrach yupatishga tushdi.
— Qara, pashsha! Hov ana!..
Ukol tugashi bilan bolakay yugurib onasiga yopishdi.
— Oyi, pashsha orqamni chaqib qochdi!
* * *
Besh yashar bola ko’chada konfet yeb o’tirgandi. Bir ayol o’tib qoldi.
— Xola, konfet yeysizmi?
— Mayli.
— Xo’sh, mazalimikan?
— Judayam.
— Qiziq, unda itim nega tupurib tashladiykin?
* * *
Baliqchi oltin baliq tutib oldi. Baliq so’radi:
— Uchta tilagingni ayt, bajo keltiraman!
— Menga temir-tersak zavodi, zo’r mashina va ko’p xonali kvartira hozirla!
— Kreditga olasanmi, yo naqd pulgami?
* * *
— Toshmatvoy, mana bu topishmoqni top-chi! Hamma narsani bilib, ko’rib, eshitib turadi. U kim?
— Qo’shnimiz Orzi xola.
* * *
Foydali maslahat:
— Agar kvartirangizdagi kranlardan suv tomchilayotgan bo’lsa, usta chaqirib ovora bo’lmang! Pastdagi qo’shnining o’zi chaqirib keladi.