2019 yilda tarixdagi eng jazirama iyun qayd etildi

Yangi ma’lumotlarga ko’ra, dunyo 2019 yilda qayd etilgan tarixdagi eng issiq iyun oyiga guvoh bo’lgan.

O’tgan oyda dunyo bo’ylab o’rtacha harorat Selsiy bo’yicha 16.4 darajani tashkil etgan. Bu o’tgan asrga solishtirganda sezilarli yuqori ko’rsatkichdir.

Jazirama Yevropa, Rossiya, Kanada va Janubiy Amerikada, ayniqsa, ko’proq sezilgan.

 

O’tgan oyda Antarktika dengizidagi muz qoplamasi rekord darajada kamaygan.

Bunga qadar 2016 yil iyuni tarixdagi eng issiq oy, deya tan olingan edi.

BBC.com