* * *
Xotin eriga dedi:
— Anavi yo’lning narigi chetidagi qo’shnilarga hech qachon yeta olmasak kerak. Qarang, ularning uyini o’g’rilar ikki marta o’marib ketishdi. Biznikiga bo’lsa, hali bir martayam o’g’ri tushgani yo’q.
* * *
— Men uzoq vaqt o’yladim. Lekin baribir uylandim. Kir yuvish, oshxonada ovqatlanish va yirtiq paypoqda yuraverish jonimga tegib ketdi.
— Qara-ya, men xuddi shu sabab tufayli xotinim bilan ajrashgandim.
* * *
Yangi boyga vrach kasali og’irligini, bir yilgina umri qolganini aytgach, u folbinga kirib maslahat so’radi.
Folbin unga shunday maslahat berdi:
— Sen «Mersedes»ingni sotgin-da, o’rniga «Zaporojes» sotib ol. Xotining bilan ajrashib, gadoymi, piyonistami, shunga o’xshaganiga uylan. Uyingni sotib shahar chetidan kichik bir uycha ol.
— Shunday qilsam, uzoqroq yashaymanmi?
— Yo’q, o’sha qolgan bir yil umring yuz yilga tatiydi.
* * *
Direktor yordamchisi lavozimiga ishga kirayotgan erkakdan so’rashdi:
— Tasavvur qiling. Ikki kishilik mashinada ketayapsiz. Yo’lda uch yo’lovchi sizni to’xtatib, olib ketishni iltimos qildi. Ularning biri rahbaringiz, ikkinchisi o’rta yashar ayol, uchinchisi yosh qiz. Qanday yo’l tutardingiz?
— Mashinadan tushib kalitni rahbarimga berardim va o’rta yashar ayolni olib ketishini iltimos qilardim. O’zim esa, yosh qiz bilan qolardim.
* * *
Qimorboz avtobus bekatida turgancha yonidagi o’smirga so’z qotdi:
— Qiziq zamonlar bo’ldi-da!.. Hozirgi yoshlar turmush o’rtog’ini kompyuter yordamida qidirib topayotganmish.
— O’zingiz-chi? Kennoyimni qanday topgansiz?
— Menmi?.. Uni qartada yutib olganman.
* * *
Psixiatr mijozidan so’radi:
— Ayting-chi, sizdayam shunday narsa bo’lib turadimi? Masalan, qandaydir ovozni eshitasiz-u, kim gapirayotganini, ovoz qaerdan kelayotganini bila olmay halak bo’lasiz?
— Ha.
— Qachon shunday bo’ladi?
— Telefon go’shagini ko’targanimda.
* * *
Xasis tanishiga dedi:
— Oshna, sen qarzingni talab qilsang, men juda xavotirga tushaman. Qarzni uzmasam, sen xavotirga tushasan. Kel, shundan ko’ra ob havo haqida gaplasha qolaylik!
* * *
Yigit zargarlik do’koniga kirgach, sotuvchi unga dedi:
— Do’konimizga xush kelibsiz! Mana, bizda turli ko’rinishdagi tilla taqinchoqlar bor. Yigirma foiz chegirmasi bilan sotamiz. Ishonamanki, sevgan qizingizga juda yoqib tushadi.
— Mening sevgan qizim yo’q.
— Voy, nega sizday kelishgan yigitning sevgan qizi yo’q?
Yigit (xomush tortib):
— Xotinim ruxsat bermaydi.