XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QORA PAShShA HAQIDAGI HAQIQATLAR

 

1. Qora pashshalar turiga qarab o’zi uchun oziq tanlaydi. Ayrimlari o’simlik sharbati, ayrimlari esa odam va hayvonlar qoni bilan tirikchilik qiladi.

2. Payqagan bo’lsangiz, pashshalar qo’l-oyoqlarini bir-biriga ishqalashga odatlangan. Shu yo’l bilan ular qo’l va oyoqchalarini chang hamda kirlardan tozalaydi.

3. Qora pashshaning lichinkasi xuddi qurt lichinkasiga o’xshaydi.

4. Qora pashshaning yungsizi bo’lmaydi. Ular nihoyat darajada ingichka bo’lgani bois darrov ko’zga tashlanmaydi xolos.

5. Pashsha rangdan tashqari ultrabinafsha nurlarni ham farqlay biladi.

6. Qadimiy Misrda askarlarga jasurligi uchun odam kafti hajmidagi oltin pashsha hadya etilgan.

7. Pashshaning oshqozoni qattiq narsalarni hazm qilishga odatlanmagan. Shu sababli ovqatini yeyishdan oldin so’lagi bilan namlab oladi.

8. Oddiy uy pashshalari o’rtacha 30 kun umr ko’radi. Albatta urib o’ldirib qo’yilmasa. Ammo shu muddat ichida 3000 tagacha tuxum qo’yishga ulguradi.

9. Qora pashsha xavfli kasallik sanalmish tif, Sibir yarasi, sil va boshqa ko’plab kasalliklarni tashish, tarqatish bilan shug’ullanadi.

10. Fermer va bog’bonlarning ashaddiy dushmani «karam pashshasi» hisoblanadi. Bu pashshaning o’zi hosilga ziyon yetkazmaydi. Lichinkalari katta maydondagi butun boshli karamlarni yeb bitiradi.

11. Pashshaning ayrim turlari foyda ham keltiradi. Masalan, «Taxina pashshasi» boshqa zararli qumursqalarning lichinkasi ichiga tuxum qo’yadi.

12. Yashil pashshaning urg’ochisi jinsiy yaqinlikdan so’ng erkagini yeb bitirishga harakat qiladi. Shuning uchun jinsiy munosabatga kirishishdan oldin erkagi unga yemish keltiradi. Lekin har doim ham bu odati unga foyda beravermaydi.

13. Cho’chqaning 1 kilogramm go’ngida 15 mingta qora pashsha lichinkasini dunyoga keltirish uchun yetadigan to’yimli oziq mavjud.

14. Pashshaning vazni juda-juda kam. 40 mingta pashshani birgalikda tortsangiz, 1 kilogrammnigina tashkil etadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi