PEShONA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Mayya qabilasidagilar go’zallik masalasida o’z fikri va an’analariga ega edi. Ularda peshonaning yassi bo’lishi go’zallik ramzi bo’lgan. Chaqaloq tug’ilgach, uning peshonasi yassi bo’lishi uchun boshiga taxta boylab qo’yishgan.
2. Odam peshonasining o’rtacha qalinligi 0, 8-1 santimetrga teng.
3. Qadimda qullar, jinoyatchilar va fohishalarning peshonasiga olovda qizdirilgan tamg’a bosishgan. Bu ish qullar, jinoyatchilar va fohishalarning xalq g’azabidan qochib qutulmasligi, yoki xalqdan ayro bo’lmasligi uchun amalga oshirilgan.
4. Xalqda keng peshonalarni o’ta aqlli deb hisoblashadi. Shuning uchun bo’lsa kerak o’rta asrlarda hatto ayollar ham peshonasini yopib turgan kokillarni qirib tashlashgan. Aslida esa aql va peshona o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q.
5. Hindlarda «Tilaka» degan jumla keng tarqalgan. Bu aslida ilohiy belgi hisoblanadi. Belgini hindlar peshonaga loy, kul yoki boshqa modda yordamida qo’yishadi.
6. Amerikalik Jon Ferraro (John Ferraro) ismli erkak peshonasi yordamida osonlik bilan metallni bukadi, devorga mix qoqadi, beton plitani sindira oladi. U ikki karra Ginnes rekordlar kitobi sahifasidan o’rin olgan. Birinchi bor sement blokni peshonasi bilan parchalab tashlagan. Ikkinchi marta esa qalin taxtaga peshona yordamida jami 5 ta mix qoqqan.
Olimjon HAYIT tayyorladi