Shifokor Hilola Jumayeva:
-Yuz parvarishida hech qachon yaqin dugonangiz, qo’shningiz va tanishingiz maslahatiga tayanmang. Chunki har bir inson yuz terisi turlicha bo’ladi;
-Yuzni kun oxirida tozalovchi vositalar bilan tozalang;
-Namlantiruvchi, oziqlantiruvchi vositalardan ko’proq foydalaning (tunda ham);
-Quyosh nurlaridan saqlovchi kremlardan yilning har faslida foydalaning;
-Ko’z atrofiga ajinlardan saqlovchi va oziqlantiruvchi kremlardan foydalaning;
-Kun davomida ko’p suyuqlik iching;
-Qabziyat, oshqozon kasalliklari va gormonal o’zgarishlarni davolang;
-Shirinliklar, gazli ichimliklar va energetiklar iste’molini cheklang;
-Sog’lom uyqu ratsioniga rioya qiling;
-Ajinlarga qarshi vositalarni yoshga ko’ra tanlang;
-Quyoshli kunlarda qora ko’zoynaklardan foydalaning (mimik ajinlar tushishini yoki ko’payishini oldini olish uchun);
-Yuz uchun vositalarni yaroqlilik muddati o’tgach ishlatmang.
«Sog’lom hayot»