Sochlarni qirib oldirish soch tolalarini ko'paytiradimi?

Sochni qirib olgandan so’ng, u qaytadan qalin holatda o’sib chiqmaydi, ammo bunga ishonuvchilar ko’p.

-Birinchidan, sochning holatiga teri emas, teri osti qavati javobgar hisoblanadi. Ikkinchidan, soch xaltasidagi g’uddacha atrofiyaga uchrasa, ya’ni oziqlanishi to’xtab nobud bo’lsa, bu tuzilmadan endi soch o’sib chiqmaydi. Soch osti qismlari butun bo’lsa, to’kilgan soch ham qayta o’sib chiqishi mumkin.

– Biroq, sochi to’kilayotgan insonlar uchun sochlarini kalta holatda olib yurish foydalidir. Chunki tarangligi kamayib, bo’shashib qolgan follikulalar uzun tolalarni ushlab qololmaydi, to’kiluvchi sochlar miqdori esa ortib ketadi. Soch to’kilish muammosi bor insonlar imkon qadar ertaroq trixolog shifokorga murojaat qilishlari lozim.

SoglomHayot