Braziliya va Argentina Millatlar Ligasida ishtirok etadi

2024 yildan Millatlar Ligasida Janubiy Amerika terma jamoalari ham ishtirok etishni boshlaydi. Bu haqda UEFA vitse-prezidenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Millatlar Ligasiga Janubiy Amerikaning 10 mamlakati qo’shiladi. Jumladan, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay va Chili A ligasida to’p suradi. B ligadan esa Ekvador, Paragvay va Venesuela terma jamoalari o’rin oladi.

«Bu hozirgi formatdagi so’nggi musobaqa bo’ladi. Biz KONMEBOL vakillari bilan uchrashuv o’tkazdik va 2024 yildan boshlab turnirga Janubiy Amerika terma jamoalari ham qo’shiladi.Musobaqani yanada qiziqarli qilish ustida ishlayapmiz», – dedi Bonek.

sport-express.ru