Sochlaringiz serjilo va sog'lom bo'lishini istaysizmi? Unda…

Sochlar holatini yaxshilash uchun nima qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o’tadi.

Soch uchlarini doimiy ravishda kaltalatib turing

 

Hatto uzun bo’lishini ham istasangiz ham har 1-2 oyda sartaroshga borib sochlaringizni uchini kestirib turing. Sochlaringiz sog’lom va yaxshi o’sishini istasangiz, taxminan, yarim santimetrdan kaltalatib turishni kanda qilmaslik kerak.

 

Sochlaringizni sovuqdan himoya qiling

 

Sochlarga shikast yetmasligi uchun sovuqda himoya qilishni unutmaslik kerak.

 

Termohimoyadan foydalaning

 

Yuqori harorat sochlar uchun zararli hisoblangani sabab ham mutaxassislar dazmol yoki ploykadan foydalanishdan avval termohimoya qiluvchi vositadan foydalanishni tavsiya qiladi.

 

Alohida parvarish

 

Hatto eng sifatli shampunning ham asosiy vazifasi sochlarni tozalashdan iborat. Namlantirish, oziqlantirish va mustahkamlash uchun esa maxsus vosita va niqoblardan foydalanish kerak.

 

Massaj

 

Bosh terisini doimiy ravishda massaj qilib turish sochlarning jadal o’sishi va mustahkam bo’lishiga hissa qo’shadi. Massajni qo’l yordamida qilishingiz yoki maxsus apparatlardan foydalanishingiz mumkin.

 

Bosh terisini piling qildirish

 

Teridagi o’lik hujayralarni doimiy ravishda tozalab turish muhim sanaladi. Buning uchun maxsus skrab yoki pilinglardan foydalanishingiz mumkin. Ulardan bir oyda 2 yoki 3 marta foydalangach, ijobiy natija o’zini uzoq kuttirmaydi.

 

Ratsionga e’tiborli bo’lish

 

Qanchalik yaxshi vositalardan foydalanmang, ichki ozuqa ham muhim sanaladi. Avitaminoz sochlar qurishi va sinishiga sabab bo’luvchi eng asosiy sabablardan hisoblanadi. Ratsioningizda foydali yog’lar, E va D vitaminlari, shuningdek, minerallar bo’lishiga e’tibor qarating.