Hindistonlik ayol sochini yomon turmaklagan go’zallik saloniga nisbatan qo’zg’atilgan sudda yutib chiqdi. Endi unga kompensatsiya sifatida 271 ming dollar to’lanadi, deb yozadi «Korrespondent.net»
Hodisa 2018 yil, Dehlidagi sartaroshxonalardan birida sodir bo’lgan. Unda sartaroshlardan biri mijozning sochini aytganidan ko’proq qilib kesib yuborgan. Aniqrog’i boshidan yelkasigacha 4 dyum (10,16 sm) soch qoldirgan. Soch uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan firma xodimi bo’lgan ayol, omadsiz turmakdan keyin qattiq asabiylashib, ishidan bo’shagan. Keyin esa yana ikki yil davomida psixikasi bilan bog’liq muammodan aziyat chekkan.
«U oynaga qaramay qo’ygan. U kommunikatsiya sohasida professional va uchrashuv hamda interfaol sessiyalarda ishtirok etishi kerak. Ammo kalta soch turmagi sabab o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qotgan», — deyiladi sud qarorida. Hindistonning iste’mol bilan bog’liq nizolarini hal qilish bo’yicha milliy komissiyasi ushbu hodisani «ayolning turmush tarzini butkul o’zgartirgan hamda uning top-model bo’lish haqidagi orzularini barbod qilgan» deb baholagan.
Shundan kelib chiqib Hindistonning iste’molchi huquqlari bo’yicha sudi go’zallik salonini mijozga 20 million rupiy, ya’ni 271 million dollar to’lashi kerak deb hukm chiqargan. Shunga qaramay, go’zallik salonining sud hukmiga nisbatan shikoyat bildirish uchun hali vaqt bor deyiladi, xabarda.