Havo filtrlari bilan to’ldirilgan va quyosh panellaridan ozuqalanadigan 100 metrli minora Xitoyning Shansi shahrida 45 metr radiusda havoni tozalaydi.
Minoradan kuniga 10 million kub metr havo o’tadi. Tozalagich elektr energiyasini minora tagida joylashgan quyosh panellaridan oladi. U yerda havo qabul qiluvchilar ham bor, minoraning o’zida esa havo filtrlari o’rnatilgan. Qurilma atrofida 10 ta havo tozaligini aniqlaydigan datchiklar o’rnatilgan.
Moslama havo tarkibidagi chang, azot oksidi, uglerod dioksidi, oltigigurt dioksidi va boshqa kimyoviy unsurlarni havodan tozalaydi.
Ommaviy axborot vositalarida minora dunyodagi eng katta havo tozalagich, deb atalmoqda.
Izohlarni ko`rish