Novolipesk metallurgiya kombinati guruhi direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin Rossiyadagi eng boy milliarderga aylandi. Bundan Bloomberg Billionaires Index har kuni yangilanuvchi reytingi darak bermoqda.
Lisin jahon ro’yxatida 45-o’rinni egallagan ($20,2 mlrd). Rossiyalik eng boy milliarderlar orasida ikkinchi o’rinni «Silovыe mashinы» xo’jayini Aleksey Mordashov egalladi ($20,2 mlrd). Keyingi pog’onadan NOVATEK boshqaruvi raisi Leonid Mixelson ($19 mlrd) joy oldi.
Shuningdek, eng boy rossiyaliklar o’nligiga «Nornikel» prezidenti Vladimir Potanin ($18,5 mlrd), «Evroxim» egasi Andrey Melnichenko ($16 mlrd), «Renova» guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg ($15,5 mlrd), LUKOYL prezidenti Vagit Alekperov ($14,6 mlrd), Roman Abramovich ($13,9 mlrd) va Mixail Fridman ($13,5 mlrd) kirdi.
Asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov 81-o’rinda – $14,7 mlrd.
Asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan yana bir milliarder Iskandar Mahmudov 278-pog’onada qayd etilgan – $6.07 mlrd.
Dunyodagi eng boy milliarderlar ro’yxatida o’zgarish yo’q – Amazon va Blue Origin asoschisi Jeff Bezos ($138 mlrd), Microsoft hamasoschisi Bill Geyts ($93,8 mlrd) va Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ($82,5 mlrd).