Milliarderlar yangi reytingi e'lon qilindi. Usmonov va Mahmudov nechanchi o'rinda?

Novolipesk metallurgiya kombinati guruhi direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin Rossiyadagi eng boy milliarderga aylandi. Bundan Bloomberg Billionaires Index har kuni yangilanuvchi reytingi darak bermoqda.

Lisin jahon ro’yxatida 45-o’rinni egallagan ($20,2 mlrd). Rossiyalik eng boy milliarderlar orasida ikkinchi o’rinni «Silovыe mashinы» xo’jayini Aleksey Mordashov egalladi ($20,2 mlrd). Keyingi pog’onadan NOVATEK boshqaruvi raisi Leonid Mixelson ($19 mlrd) joy oldi.

Shuningdek, eng boy rossiyaliklar o’nligiga «Nornikel» prezidenti Vladimir Potanin ($18,5 mlrd), «Evroxim» egasi Andrey Melnichenko ($16 mlrd), «Renova» guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg ($15,5 mlrd), LUKOYL prezidenti Vagit Alekperov ($14,6 mlrd), Roman Abramovich ($13,9 mlrd) va Mixail Fridman ($13,5 mlrd) kirdi.

Asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov 81-o’rinda – $14,7 mlrd.

Asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan yana bir milliarder Iskandar Mahmudov 278-pog’onada qayd etilgan – $6.07 mlrd.

Dunyodagi eng boy milliarderlar ro’yxatida o’zgarish yo’q – Amazon va Blue Origin asoschisi Jeff Bezos ($138 mlrd), Microsoft hamasoschisi Bill Geyts ($93,8 mlrd) va Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ($82,5 mlrd).